“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:27
ЎЗO‘Z

Kechqurun nima eyish qomatga zarar etkazmaydi?

29 apr, 11:54 18 454 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kechqurun nima eyish qomatga zarar etkazmaydi? Ba’zan uyquga yotishdan oldin ochiqqaningizni his qilasiz. Lekin qomatga zarar etkazmasdan qanday ovqatlar bilan qorinni to‘yg‘azsa bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatda keltirilgan taomlar organizmga ortiqcha kaloriya yuklamasdan qorinni to‘ydirishga yordam beradi.

Kurka/Tovuq

Triptofan aminokislotasi organizmda uyqu gormoni melaninnning ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Tarkibida bu muhim modda bo‘lgan oziq-ovqatlardan biri kurka va tovuqlarning go‘shti hisoblanadi. Bu taomning 100 grammdan sal ko‘proq o‘lchamdagi uncha katta bo‘lmagan porsiyasi oson hazm bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida uxlashga ham yordam beradi.

Achitilgan sut mahsulotlari

Kechki paytda ovqatlanish uchun foydali va yengil variant – achitilgan sut mahsulotlari qo‘shilgan ovqatlar ham bo‘lishi mumkin. Tabiiy achigan sut mahsulotlari tarkibida foydali bakteriyalar mavjud.

Baliq

Uyqu oldidan tuzlangan va dudlangan baliq organizmga faqat zarar keltiradi, lekin bug‘da pishirilgan yog‘siz navlari esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Ular tuzlar va zararli yog‘lar kabi yig‘ilib qolmasdan qorinni to‘ydiradi va organizmni foydali moddalar bilan ta’minlaydi.

Bodom

Bodom qomat uchun eng xavfsiz yong‘oq deb hisoblanishidan tashqari, u magniy moddasiga ham boydir. Bir siqim bodom to‘yish hissini beradi va shuningdek tez uxlashga yordam beradi.

Olma

Kechki payt eyish uchun duxovkada pishirilgan olma ham mos keladi. U ochlik hissini pasaytiradi va organizmda yog‘ zaxirasiga aylanib qolmaydi.

Manba: “Daryo”




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 367
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar