“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:28
ЎЗO‘Z

Donishmandlar tavsiya qilgan etti sir

18 apr, 21:21 7 172 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donishmandlar tavsiya qilgan etti sir 1. Donishmandlarning aytishlaricha, sir saqlanishi lozim bo‘lgan birinchi narsa – uzoqni ko‘zlangan rejalar. Bu rejalar amalga oshmaguncha ularni hech kimga aytmang. Bizning har bir g‘oyamiz o‘zimizga qarshi ham ishlatilishi mumkin.

2. Donishmandlar sir saqlashni tavsiya etgan ikkinchi narsa qilgan xayr-saxovatimiz haqida gapirmaslikdir. Saxovat noyob narsa bo‘lib, uni ko‘z qorachig‘idek asrash darkor. Qilgan yaxshi amalingiz bilan maqtanmang. Kibr xayrli amalingiz ortidan kelgan yaxshilikni tortib oladi.

3. Donishmandlar birovlarga oshkor qilmaslikni tavsiya etgan uchinchi narsa bu o‘z didingiz haqida gapirishdir. Duch kelgan kishiga qanday ovqatlarni yoqtirishingizu nimalarni emasligingiz, qancha uxlashingiz haqida gapiravermang.

4. Aytmaslik kerak bo‘lgan to‘rtinchi narsa bu mardlik, jasoratdir. Kimdir tashqi tomondan sinovlarga duchor bo‘ladi, kimdir esa ichki tomondan. Tashqi sinovlarni hamma ko‘radi va bu sinovlarni enggan insonlar mukofot olishadi, lekin ichki sinovlarni hech kim ko‘rmaydi va bu sinovlarga dosh berganlarni mukofotlamaydi.

5. O‘zgalarga aytmaslik lozim bo‘lgan beshinchi narsa diniy bilimdir. Diniy bilim turli darajada bo‘lib, bu borada mukammallikka erishgan insongina bu bilimini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin. Endigina diniy bilimlarni egallay boshlaganlarning asosiy xatosi shundaki, ular darhol bu bilimlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashgisi keladi va bu boshqalarga yaxshilik keltirish o‘rniga ularni adashtiradi va hattoki cho‘chitishi ham mumkin.

6. Boshqalar bilan o‘rtoqlashish lozim bo‘lmagan oltinchi narsa oilaviy nizolar va umuman, shaxsiy hayotdir. Yodda tuting: oilangizdagi muammolar haqida qanchalik kam gapirsangiz, oilangiz shunchalik mustahkam bo‘ladi.

7. Boshqalarga aytilmaydigan ettinchi narsa esa kimlardandir eshitilgan g‘iybat va ig‘volardir. Ko‘chada yurganingizda poyabzalingiz iflos bo‘lishi mumkin. Uyga kelib yoki birovning oldiga borib kimdandir eshitgan yomon so‘zlarni boshqa odamga aytish xuddi uyga kelib, iflos poyabzalini echmagan odam kabidir.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 228
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 334
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 375
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar