“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:19
ЎЗO‘Z

Jiyda foydalari haqida

18 apr, 15:23 40 411 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jiyda foydalari haqida JIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Evropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda. (E. angysti-fola; yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli jiyda (E. pungens), kumushsimon jiyda (E. argentea), non jiyda(E. cdulls) turlari o‘sadi. Sh a r q jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumush-rang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.

Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, er osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati o‘tkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr—oktyabrda pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda60—80 yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam erlarda yaxshi o‘sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. O‘zbekiston o‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan (Qizil J., Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Cho‘li qandak, Kizil qandak va boshqalar). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbekiston, Tojikiston va k o‘ p g i n a mamlakatlarda ayrimtomorqa bog‘larida ekiladi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq erlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Oziqaviy quvvati: 34 kKal ni tashkil etadi.
Jiyda mevasini uzoq muddat saqlash mumkin. Pishib etilganida terib olingach, bir necha oydan so‘ng ham o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Foydali xususiyatlari

Jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy moddasi mavjud, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Xushbo‘y moddalar mavjudligi uning biriktiruvchi ta’sirchanligiga asos bo‘ladi.

Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, va g‘azablanish, asabiylashuvning oldini oladi. Jiyda tinchlantirish faolligi bilan birgalikda salomatlikni mustahkamlaydi.

Pazandalikda ishlatilishi
Uning yangi uzilgan mevasini turli pishiriq-desertlarga qo‘shish mumkin. Bundan tashqari undan murabbo va jemlar tayyorlash mumkin.

Jiyda mevasining foydalari va u bilan davolash
Jiyda mevasi xalq tabobatida keng ishlatiladi. Darmon dorilar tarkibida uning mevasi bilan bir qatorda guli, barglari va novda po‘stloqlari ham ishlatiladi. Masalan, mevasining damlamasidan ovqat hazm qilish muammolarini hal etishda, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan forig‘ bo‘lish maqsadida g‘arg‘ara qilib og‘izni chayish yo‘li bilan foydalanish mumkin. Barglari revmatizm, podagra va radikulitni davolash jarayonida yaxshi yordam beradi. Barglarini yana jarohat va yaralarga bog‘lab, shamollashni olish va jarohat bitishini tezlashtirishda foydalaniladi.

Bundan tashqari jiyda mevasidan bavosirni davolashda foydalaniladi. Novdasi po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama qon ketishini to‘xtatishda yaxshi shifobaxsh vositadir. Mevasining sharbati bezgak va qon bosimini davolash jarayonida iste’mol qilinadi.

Mevasining qaynatmasi nafas yo‘llari, bezgak va shamollash kasalliklarini davolashdayordam beradi. Bundan tashqari, bu qaynatmadan yo‘g‘on ichak, oshqozon va ichak yo‘llarini davolashda yaxshi yordam beradi, shuningdek u ichketarda ham yordam beradi.

Uning gullari va barglaridan ham shifobaxsh damlama tayyorlash mumkin. Bu damlama qon bosimida va yuqori haroratni tushiruvchi tabiiy vositadir. Shuningdek, u yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kolitdan forig‘ bo‘lishda ijobiy natija beradi.

Jiydaning zarari va nojo‘ya ta’siri

Homilador va emizikli ayollar uni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari tavsiya etiladi.

Manba: www.muslim.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 177
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar