“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Zaytun yog‘ining sog‘liq uchun foydasi qanday ekani aniqlandi

11 apr, 15:46 11 924 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zaytun yog‘ining sog‘liq uchun foydasi qanday ekani aniqlandi Sichqonlarda o‘tkazilgan tajriba zaytun yog‘i tarkibidagi aksiloksidant hidroksitirozol semizlik va jigar kasalliklari bilan kurashishga yordam berishini ko‘rsatdi. Lipids in Health and Disease jurnalida chop etilgan maqolada shu haqida ma’lum qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Hidroksitirozol – yangi siqilgan zaytun yog‘i tarkibida mavjud polifenol birikma. U aksiloksidant xususiyatlarga ega va bu zaytun yog‘ining sog‘liqqa foydasida asosiy rol o‘ynashi mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ushbu modda yuqori kaloriyali va yog‘li taomlar bilan oziqlangan sichqonlarning jigarini jarohatlardan himoya qiladi", - dedi Santyagodagi Chili universiteti olimi Rodrigo Valensuela.

Zaytun yog‘i an’anaga ko‘ra, O‘rta er dengizi parhezining eng foydali komponentlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda olimlar zaytun yog‘ining rasionga qo‘shilishi ayollarda ko‘krak bezi saratoni va boshqa xavfli o‘simtalar rivoji ehtimolini sezilarli ravishda kamaytirishini aniqlashdi, shuningdek unda yog‘ kislotalarining maxsus birikmalarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu birikmalar sichqonlar organizmini radiasiyaning halokatli dozalaridan himoya qilgan.

Tadqiqot davomida Valensuela va uning hamkasblari zaytun yog‘ining aynan qanday komponenti inson salomatligi uchun foydali ekanini aniqlashdi.

Olimlarning ma’lum qilishicha, kemiruvchilar emishidagi hidroksitirozolning hattoki juda kam dozasi ham ularning ahvolini barqarorlashtirgan va kayfiyatini sezilarli darajada yaxshilagan. Sichqonlarning jigari va boshqa organlarining insulinga nisbatan reaksiyasi ijobiy tomonga o‘zgargan va sog‘liq uchun xavfli yog‘ kislotalarini foydali kislotalarga qayta ishlash jarayoni faollashgan.

Valensuelaning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday reaksiyalar semizlikdan aziyat chekuvchi va yog‘li taomlar iste’mol qiluvchi kishilar organizmida sekinlashadi, natijada ularning jigari, oshqozon osti bezi va ko‘plab boshqa organlarini yog‘ bosib qoladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto oz miqdordagi zaytun yog‘i iste’moli ham buning oldini olishga imkon berar ekan.

Boz ustiga, sichqonlar organizmida "zararli" xolesterin darajasi pasaygani aniqlangan.

Valensuelaning ta’kidlashicha, bularning barchasi zaytun yog‘i foydali ekanligidan dalolat beradi. Tadqiqotchi yog‘ va hidroksitirozol insonga ham xuddi shunday ta’sir qiladimi yoki yo‘q, bu moddaning qanday dozalari xavfsiz hisoblanishi borasida qo‘shimcha tajribalar kerakligiga ishora qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 137
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 303
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 343
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar