“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

Tabiat haqidagi filmlar insonga baxt keltiradi

10 apr, 21:58 8 667 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tabiat haqidagi filmlar insonga baxt keltiradi Kaliforniya universiteti mutaxassislari televizordagi tasvirlarning inson ruhiyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Unda qayd etilishicha, jonivorlar, baliqlar, hasharotlar yoki o‘simliklar haqidagi hujjatli filmlar kishining ichidagi xavotirni yo‘qotib, kayfiyati ko‘tarilishiga xizmat qiladi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Olimlar real vaqt tizimida insonning ruhiy kechinmalarini yuz orqali aniqlashi mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyadan foydalanishdi. Ular AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Hindiston, Janubiy Afrika va Avstraliya fuqarolari bo‘lgan 7500 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi.

Tajriba ishtirokchilariga turli janrdagi dasturlar, filmlar taqdim etildi. Ular orasida yangiliklar, dramatik kartinalar, ko‘ngilochar dasturlar hamda “Er sayyorasi” serialidan parcha namoyish etildi.

Natijalarga ko‘ra aniqlanishicha, hujjatli film tomosha qilish insondagi asabbuzarlik, qo‘rquv, charchoq, stress, jahl, tushkunlikni bartaraf etadi. Shu bilan birga bunday janrdagi filmni tomosha qilish insonga quvonch, xursandchilik, yaxshi kayfiyat, huzur, tashabbuskorlik kayfiyatini baxsh etadi.

Tabiat haqidagi filmlar, ayniqsa, ayollar va 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga ijobiy ta’sir qilar ekan.

Avvalgi yillar mobaynida o‘tkazilgan 159 ta ilmiy tahlil ham insonning tabiat va o‘simlik dunyosi bilan yaqinlashishi kishining diqqatini jamlashga, tinchlanishga yordam beradi. Shuningdek, jismoniy salomatlikning yaxshilanishiga ham sabab bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar