“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:46
ЎЗO‘Z

O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar

06 apr, 09:34 20 322 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar Har bir odamning hayotida ertami-kechmi fe’l-atvori bilan hayotingizni buzadigan «zaharli» kishilar uchraydi. Umidsizlikka tushishdan saqlanish uchun, quyidagi ro‘yxatdagi kishilarni o‘zingizga yaqinlashtirmaslikka harakat qiling, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.
O‘z yo‘liga ergashtiruvchilar

Bunday kishilar o‘z yo‘liga yurgizish sohasida mutaxassis hisoblanadi. Ular odamning nozik joyini yaxshi aniqlab oladi va ularga foyda keltiruvchi ishni qilishga qanday majbur qilishni biladi.

Xavfli tomoni: Bunday kishilar bilan muloqotda bo‘lish sizning ishonch va o‘z qadringizni his qilish tizimingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular siz xohlamagan ishni qilishga majbur qilish yo‘llarini topishadi, bu esa sizni shaxs sifatida barbod qiladi. Siz o‘zingizning emas, balki ularning ustunligi va e’tiqodi bilan yashay boshlaysiz.

Narsisslar

O‘zini muhim his qilish tuyg‘usi kuchli bo‘lgan bunday kishilar dunyo uning atrofida aylanayotgandek hisoblashga o‘rganib qolgan. Ular ham atrofidagi kishilarni o‘zlariga bo‘ysundirishga harakat qiladi.

Xavfli tomoni: Ularning butun diqqat-e’tibori faqat o‘zlarining ehtiyojlariga qaratilgan bo‘ladi. Sizning qiziqishlaringiz ularni umuman tashvishlantirmaydi. Ular to‘liq ishonch bilan, xuddi shunday bo‘lishi tabiiy holdek, sizdan foydalanadi.

Pessimistlar

Pessimistlar o‘zlarining hayotidagi yaxshi narsalarni qadrlamaydi. Agar siz ularga: «Bugun ajoyib quyoshli kun!» desangiz, ular ertaga yomg‘ir va sovuq bo‘lishi kutiladi deb javob beradi.

Xavfli tomoni: Bunday odamlar atrofdagilarning quvonchini o‘g‘irlaydi. Ular dunyoga salbiy munosabatda bo‘ladi va buni atrofidagilarga ham yuqtiradi.

Tanqidchilar

Sizga nimadir yoqimli va ajoyib bo‘lib ko‘rinsa, ularga bu g‘alati va xunuk bo‘lib ko‘rinadi. Agar siz kimnidir iste’dodli va istiqboli porloq deb hisoblasangiz, ular ahmoq va qobiliyatsiz deb hisoblaydi.

Xavfli tomoni: Ular butun dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi va buni atrofidagilardan boshlaydi. Tanqidchilar tinimsiz tortishuvlardan oladigan salbiy hissiyotlar bilan oziqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar