“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:01
ЎЗO‘Z

Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz?

05 apr, 23:59 14 846 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz? Bu ikki modda ham organizmda muhim rol o‘ynaydi: masalan, shakar miyaga quvvat bag‘ishlaydi, tuz esa — mushaklarning normal qisqarishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda ularning oshiqchasi organizm uchun seziladigan darajadagi muammolarni keltirib chiqarish xavfi mavjud. Xo‘sh, ularning qaysi biri ko‘proq zarar keltiradi?

Shakar

Shakarni sut tarkibida ham, 100% tabiiy meva sharbatida ham uchratish mumkin, undan tashqari foydali moddalar: vitaminlar, minerallar, oqsillar (sutda) va polifenollar (sharbatda) bor. Lekin, shakarli choy va gazli suvda shakar va kaloriyadan boshqa foydali moddalar yo‘q. Shuning uchun, bunday shakldagi eguliklarni ko‘p eyish semirishga va foydali moddalar etishmovchiligiga olib keladi.

Shakar qanday shaklda bo‘lmasin, organizmga bir xil ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega: qondagi shakar miqdorini va insulin ishlab chiqarilishini oshiradi.

Tuz

Tuz organizmga suyuqlik miqdorini boshqarish uchun kerak bo‘ladi. Sog‘lom odamlar uchun tuzning me’yordagi miqdori xavfli emas, ortiqchasi esa yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar kattalar uchun bir kunda 2,300 mg (bir choy qoshiq) tuz iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.

Tuz 50 yoshdan oshgan va qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qaysi biri zararli?

Shakarni ham, tuzni ham me’yorida iste’mol qilinsa xavfli emas. Lekin, agar ularni o‘zaro solishtirsa, shakarning organizmga salbiy ta’siri ko‘proq. Shuningdek, tuz uning normal faoliyat ko‘rsatishida juda zarur hisoblanadi, shakar esa — yo‘q.

Shifokorlar fikricha, shakar tuzning salbiy ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega: shakar ta’sirida qondagi insulin miqdori qancha yuqori bo‘lsa, buyrakda shuncha ko‘p tuz va suv yig‘iladi. Bu esa qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 188
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar