“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:39
ЎЗO‘Z

Asosiy belgisi toliqish bo‘lgan kasalliklar

03 apr, 18:05 13 041 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asosiy belgisi toliqish bo‘lgan kasalliklar Immun tizimi kasallik bilan kurasharkan, unga barcha mavjud energiya zaxiralari zarur bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik kasalliklarning asosiy alomati toliqish ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Biz asosiy belgilari holsizlikdan iborat bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi

Qalqonsimon bez bo‘yin asosida joylashgan bo‘lib, u hammasini – energiya miqdoridan tortib metabolizm tezligi va immun tizimi faoliyatigacha boshqarib turadi. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi juda keng tarqalgan.

Quvvat etishmasligi bu kasallikning eng ko‘zga ko‘ringan belgisi hisoblansa ham unga yana vaznning oshishi, ich qotishi, teri quruqligi va doimiy sovqotish alomatlari qo‘shiladi.

Surunkali toliqish sindromi

Mialgik ensefalomielit nomi bilan taniqli bo‘lgan bu kasallikning klassik xususiyati engib bo‘lmaydigan charchoqlikdan iborat bo‘lib, u hech qanday harakatni bajara olmaslik holatiga olib keladi. Bu sindrom bilan kasallangan odamlar to‘shakda yotgan yoki uyidan chiqa olmaydigan ahvolga tushib qolgan.

Kamqonlik

Kamqonlik — qon tarkibidagi havo tashish uchun xizmat qiladigan qizil tanachalarning etishmaslik holati. Kamqonlikda shuningdek temir va B12 vitamini etishmaslik belgilari ham kuzatiladi. Uning toliqishdan tashqari rangpar teri, qatlanuvchi tirnoqlar, kuchli yurak urishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i kabi boshqa klassik alomatlari ham mavjud.

Diabet

Kuchli tashnalikdan va tez-tez bovul qilishdan tashqari toliqish — diabetning birinchi va eng qat’iy belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmning doimiy ravishda qondagi qand miqdorini normallashtirishga urinishi kuchsizlanishga olib keladi.

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 148
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 113
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 289
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar