“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:58
ЎЗO‘Z

Shirin gazli ichimliklar har yili 184 000 kishining o‘limiga sababchi bo‘lishi aniqlandi

02 apr, 15:45 7 408 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shirin gazli ichimliklar har yili 184 000 kishining o‘limiga sababchi bo‘lishi aniqlandi Shakarni haddan ziyod miqdorda iste’mol qilishning zarari anchadan beri ma’lum. Endi esa olimlar qo‘rqinchli raqamlarni e’lon qildi: gazlangan shirali ichimliklar har yili 184 000 nafar odamning o‘limiga sabab bo‘layotgan ekan. Bu haqda «Populyarnaya Mexanika» nashriga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Bostondagi (AQSh) Tafts univesiteti olimlari tadqiqotlari davomida shirin gazlangan ichimliklarning (sport va energetik ichimliklar bilan birga) yurak bilan bog‘liq muammolar, semirish, saraton va qand kasali kelib chiqishi hamda rivojlanishiga ta’sirini o‘rganib chiqdi. Bunda o‘zlari qo‘lga kiritgan ma’lumotlar hamda oxirgi 30 yil mobaynida o‘tkazilgan ko‘plab izlanishlardan foydalandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday ichimliklarni suiiste’mol qilish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili 184 000 nafargacha bo‘lgan odam hayotdan ko‘z yumar ekan. Bunda qand kasalining ikkinchi turiga 133 000, yurak va qon-tomir kasalliklariga 45 000, saratonga 6450 ta o‘lim to‘g‘ri keladi.

Umuman olganda, dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidagi 611 000 kishining kasallik tarixi o‘rganib chiqilgan. 20 ta eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlardan 8 tasi Lotin Amerikasi va Karib havzasida joylashgan, bu erlarda esa gazlangan ichimliklar juda ommalashgan. Meksikada shirin ichimliklar 45 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining 30 foiziga sabab ekan, undan tashqari, bu mamlakatda aholining 10 foizdan ortig‘i qand kasaliga chalingan.

AQSh fuqarolari bir kunda o‘rtacha 22,2 qoshiq shakar iste’mol qilar ekan va bu asosan shirin ichimliklar orqali bo‘ladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar shakarni faqat ta’mni yaxshilash uchun qo‘shadi, oqibatda ozuqa quvvati o‘rniga kishi ortiqcha kaloriyalarga ega bo‘ladi, bu esa vazn ortishi hamda yurak va qon-tomir muammolariga olib keladi. Shakarsiz choy ommalashgan Yaponiyada, aksincha, shirin ichimliklar tufayli yuzaga keladigan kasalliklardan o‘lish holatlari kamdan – kam uchraydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 232
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar