“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:20
ЎЗO‘Z

Bolani chempion qilib etishtirish uchun sportning qaysi turini tanlash kerak?

02 apr, 10:23 8 022 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolani chempion qilib etishtirish uchun sportning qaysi turini tanlash kerak? Biron-bir sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun bolalikdan jiddiy shug‘ullanish zarur. Bu erda katta mas’uliyat ota-ona zimmasiga yuklatiladi, chunki sizning tanlovingiz farzandingizning taqdirini belgilaydi. Bizning maslahatlarimiz bolangizga mos bo‘lgan sport turini aniqlab olishingizga yordam beradi.

Nimaga e’tiborni qaratish kerak?

Shunday ota-onalar borki, bolaning sport bilan bog‘liq hayotiga aralashishga, trener o‘rnini bosishga, bo‘lar-bo‘lmasga dakki beraverib va bu bilan bolaning kayfiyatini so‘ndirib uning har-bir qadamini nazorat qilishga urinadilar. Mutlaqo befarqlik va vasvasali holatda nazorat qilish istagi orasidagi o‘rtalikni topish muhimdir.

Qiyin tanlov

Ba’zi bolalar tug‘ilganidan boshlab fikri-xayoli sportning aniq bir turida bo‘ladi. Bu ko‘pincha ota-onalar yoki aka-opalar ta’siri tufayli yuz beradi.

Lekin, ko‘p hollarda sport turini shaxsiy omillardan kelib chiqib tanlashga to‘g‘ri keladi. Bu u yoki bu sport maskanining uyga yaqinligi, nufuzliligi yoki urf bo‘lgani bo‘lishi mumkin.

Nima uchundir ota-onalar bolaning o‘zini va imkoniyatlarini kamdan-kam hollarda xolisona baholaydilar. Ular aynan shu jihatlar uning muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishini o‘ylamaydilar.

Navbatdagi bosqich — albatta shifokor ko‘rigidan o‘tish. Bola sportning muayyan turiga qatnashishga qaror qilgan bir paytda, to‘satdan bu uning sog‘ligiga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lib qolishi juda achinarli hol!

Xato qilishdan qo‘rqmang – hatto noto‘g‘ri tanlov ham hech narsa qilmaslikdan yaxshiroq. Bolangizni sportga iloji boricha ertaroq bersangiz, u katta bo‘lganida sizga rahmat aytadi.

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 166
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar