“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:16
ЎЗO‘Z

Turli rangdagi soch sohibalarini odatda qanday tasavvur qilishadi?

29 mar, 01:08 9 177 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turli rangdagi soch sohibalarini odatda qanday tasavvur qilishadi? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, notanish odamlar siz va fe’l-atvoringiz haqida sochingiz rangiga qarab taassurot hosil qiladi. Xo‘sh, sariq, qizil va qora sochli xotin-qizlarni ko‘rganda qanday tasavvurlar uyg‘onadi?

Sariq sochlilar

Tanishish oson

2012 yilda olimlar olib borgan tajriba erkaklar qora yoki qizil sochilalarga nisbatan, sariq sochli qizlar bilan tanishishda o‘zlarini qulayroq his qilishini ko‘rsatdi.

O‘ta talabchan

Shunga o‘xshash boshqa bir tadqiqotda esa erkaklar sariq sochli ayollarni eng talabchan deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi.

Ulardan qo‘rqishadi

Talabalar ishtirokidagi tadqiqotda esa sariq sochlilarni tajovuzkor hamda o‘z niyatiga erishishda hech narsadan toymaydigan deb hisoblashlari aniqlandi.

Qizil sochlilar

Shifokorlar xush ko‘rmaydi

Tibbiy xodimlar doirasida qizil sochli bemorlar og‘riq hissi kuchliligi (ya’ni, ular ko‘p miqdorda anesteziyaga ehtiyoj sezadi), churralarga moyilligi va o‘ta ko‘p qon yo‘qotishi bilan «mashhur».

Injiq deb hisoblaniladi

Qizil sochlilar haqidagi statistik tadqiqotlar orqali tasdiqlangan asosiy stereotiplardan biri — ularning injiq, qaysar va qiziqqonligi.

Qora sochlilar

Aqlli deb hisoblashadi

2005 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda erkaklarga bir ayolning turli rangdagi sochlar bilan aks etgan suratlari ko‘rsatilganida, uning qora sochli «varianti» eng aqlli deb topilgan edi.

Ularga ko‘proq maosh to‘lashni istashadi

1996 yilda ham shunga o‘xshash tajriba o‘tkazilgan edi: ishtirokchilarga ish qidirayotgan ayollarning suratli rezyumelari berib chiqildi, ammo undagi «ayollar» bir ayolning turli rangdagi parik kiygan suratlari edi. Qora sochlining rezyumesi sariq va qizil sochlinikiga nisbatan yuqoriroq baholandi. Maosh borasida ham ishtirokchilar qora sochli ayolga kattaroq oylik belgilashni taklif qilishdi.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 339
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar