“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:06
ЎЗO‘Z

Kiyim xarid qilgandan so‘ng afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak?

28 mar, 09:04 10 511 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kiyim xarid qilgandan so‘ng afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak? Har bir kishi umrida bir marta bo‘lsa ham, o‘ziga mos kelmaydigan va keyin kiyilmay qolgan buyum sotib olgan bo‘lsa kerak. Hafsalangiz pir bo‘lmasligi va pulingizni ham, vaqtingizni ham bekorga sarflamaslik uchun mana bu oddiy maslahatlardan foydalaning.

Biror narsa sotib olishdan oldin bir nechta savollarga javob bering.

Bu kiyimni nima bilan kiya olaman? Agar siz liboslaringiz orasidan yangi buyum bilan birga kiyiladigan kamida ikkita kiyimni eslay olmasangiz, yaxshisi uni sotib olishdan voz keching.

Bu kiyimni qaerga va qaysi vaqtlarda kiya olaman? Siz yangi kiyimni haqiqatan ham kiyishingizga ishonch hosil qilishingiz kerak. Shuning uchun, u kundalik kiyish uchunmi yoki ayrim hollarda kiyishga mos kelishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Agar siz uni hech bo‘lmasa onda-sonda bo‘lsa ham kiyishingizga ishonsangiz, sotib olishingiz mumkin.

Bu kiyimni tozalash osonmi? Pul sarflashdan oldin yorliqdagi tozalash ko‘rsatmasiga qarang. Yashash sharoitingizni va buyumni tez-tez kimyoviy tozalash uchun berishga yoki qo‘lda yuvishga tayyorligingizni real baholashga harakat qilib ko‘ring.

Bu kiyimda o‘zimni qanday his qilyapman? Bu kiyimda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni anglash muhim. Agar siz uni kiyganda o‘zingizni biroz bo‘lsa-da noqulay sezsangiz, yaxshisi sotib olmang. Faqat kiyganingizda o‘zingizni 100% qulay sezadigan kiyimlarni sotib oling.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar