“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar

27 mar, 01:11 6 975 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Diqqatni to‘plashga yordam beruvchi oziq-ovqatlar Butun kun davomida diqqat-e’tiboringiz bir joyga to‘plangan holda yurish uchun miyangiz to‘g‘ri oziqlanishi kerak. Buning uchun qanday oziq-ovqatlar iste’mol qilish kerakligini maqolamizdan bilib olasiz.
Piyoz

U miyani ajoyib tarzda tetiklashtiradi. Piyoz tarkibidagi birikmalar miyaning idrok qilish faoliyatini cheklovchi toksinlarning ta’sirini yo‘qotadi.

Eyish kerak: yarim bosh piyozni salat bilan birga qo‘shgan holda.

Sardina balig‘i

Bu baliq — D vitaminining eng yaxshi manbasi hisoblanadi. Manchester universitetida aniqlanishicha, D vitamini tomirlar egiluvchanligini va bosh miya kapillyarlarini saqlagan holda xotirani yaxshilaydi.

Eyish kerak: 80 g baliqni bodring va donli non bilan.

Pista

Pistaning 300 grammida 151 mg «valin» deb ataluvchi aminokislotalar mavjud. U miyaning shikastlanish va zo‘riqishlardan keyin idrok qilish faoliyatini qayta tiklash uchun talab qilinadi.

Eyish kerak: 25 g.

Bulg‘or qalampiri

Bir juft qalampirda kayfiyatga ta’sir qiluvchi neyromediatorlarni sintez qilishda ishtirok etadigan piridoksinning tavsiya qilingan kunlik normasining 14 foizi mavjud.

Eyish kerak: salatga qo‘shib 50 g.

Loviya

Loviya B vitaminlar guruhiga kiruvchi, miya hujayralarini sog‘lom tutuvchi inozitol va xolinning eng yaxshi birikmalaridan tashkil topgan.

Eyish kerak: 180 g sho‘rva bilan.

Oshqovoq

Lyuteolinga boy bo‘lgan oshqovoq miya charchoqligiga yordam beradi. Lyuteolin tetiklik va xotiraga javobgar bo‘lgan gippokampus hujayralarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eyish kerak: 25 g salat bilan.

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 201
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 313
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 171
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar