“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:38
ЎЗO‘Z

Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

26 mar, 16:19 7 152 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi Niderlandiyadagi Erazm Rotterdamskiy nomidagi universitetning tibbiy markaz olimlari sichqonlarda qarishga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda Cell jurnaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Insonning yoshi o‘tgani sayin to‘qimalarda qariyotgan hujayralar yig‘ilib qoladi. Olimlarning fikricha, ular artrit va diabet kabi kasalliklarning rivojlanishiga turtki berar ekan. Niderlandiyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan "yoshlik eliksiri" ana shu hujayralarni yo‘q qiladi, bu esa qarish jarayonini to‘xtatish imkonini beradi. Qariyotgan hujayralarni o‘z-o‘zini yo‘q qilishga undovchi peptid preparat tarkibiga kiradi.

Preparat qariyotgan sichqonlarda sinalganidan keyin ularning jismoniy chidamliligi oshgan - tadqiqotchilar kemiruvchilar ko‘p vaqtlarini "g‘ildirak"da harakatlanib o‘tkazganini ta’kidlashdi. Bundan tashqari, "yoshlik eliksiri"ni qabul qilgan jonivorlar sinov vaqtida bosib o‘tgan masofa deyarli ikki barobarga oshgan.

Olimlar shuningdek sichqonlarning ichki organlari faoliyati yaxshilanganini ham qayd etishdi.

Tadqiqot mualliflari mazkur preparat saraton bilan kurashda samarali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Keyingi bosqichda yangi preparat insonlarda sinab ko‘riladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 101
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 109
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 281
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 252
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar