“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:06
ЎЗO‘Z

Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?

18 mar, 10:27 14 714 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak? Bola qanchalik yuvosh bo‘lmasin, o‘smirlik davrida shunday paytlar bo‘ladiki, uning fe’l-atvori o‘zgaradi va sizga qo‘pollik qila boshlaydi. Buning sababi nimada va bolaga qanday yordam berish kerakligi haqida bizning maqolamiz orqali bilib olasiz.

O‘zini ko‘rsatib qo‘yish istagi

Birinchidan, o‘smirlikning rivojlanish davrida bolada serjahllik va ta’sirchanlikni oshiradigan gormonal chayqalishlar yuz beradi. Ikkinchidan, bu davrda katta bo‘lish, mustaqil bo‘lish, tengdoshlari orasida e’tirof etilish, ya’ni o‘zini ko‘rsatib qo‘yish istaklaridan iborat keskin o‘zgarish holatlari kuzatiladi.

Bunday vaqtda bolani foydali kitoblarga, kinofilmlarga, o‘zi hurmat qiladigan kishilar bilan muloqot qilishga jalb qilish lozim. Shunday qilib, u mustaqil ravishda o‘z qarashlarini shakllantira boshlaydi.

Ota-onalar e’tiborida bo‘lish istagi

Ota-onalar tomonidan e’tiborsiz bo‘lgan bolalar, diqqatini biroz bo‘lsa-da tortish uchun ularga qo‘pollik qiladi. Ko‘rib turibsizki, salbiy muomala yordamida bunga erishish oson.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, farzandingiz uning muvaffaqiyatlariga e’tiboringizni qaratish, unga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz uchun eng so‘nggi choralar qo‘llashga majbur bo‘layapti.

Reaksiyani ko‘rish istagi

Bolalar hatto o‘smir yoshidan dunyoni o‘rgana boshlaydi, o‘z harakatlariga nisbatan reaksiya olishni xohlaydi. Aks holda ular qanday yashashni hech qachon tushunmaydi.

Agar farzandingiz ataylab janjal chiqarishga va sizning achchig‘ingizga tegishga harakat qilayotgan bo‘lsa, mayli u istaganidek bo‘lsin.

Ya’ni, bunday muomala uchun qanday javob bo‘lishini ko‘rsatish vaqti kelganini bildirish zarur: jiddiy tanbeh berish, qanaqadir jazo tayinlash.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar