“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:48
ЎЗO‘Z

Yaxshi, yomon, jahldor: Sizga yoqmaydigan kishilar bilan qanday gaplashish mumkin

11 mar, 17:06 13 720 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaxshi, yomon, jahldor: Sizga yoqmaydigan kishilar bilan qanday gaplashish mumkin Sarmoyador, bloger va tadbirkor Jeyms Altusher turli toifadagi insonlar bilan til topishish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Menga baqirishganida, men qo‘rqaman. Sababi bu men nimanidir noto‘g‘ri qilganim va buning evaziga haqqoniy ravishda gap eshitayotganimdan darak beradi.

Atrofdagilarga tahdid qilishga o‘rganib qolganman. Bu yaxshi taktika emas.

Kishilarni tushunishga o‘rganish talab etildi – ular qanday bo‘ladi, ularga qanday ta’sir ko‘rsatish va buni yaxshilash usullari bormi.

1. Baxtli insonlar

Ba’zi insonlar hayotdan juda ham ko‘ngillari to‘lgandek tasavvur uyg‘otadi. Go‘yoki ularni hech narsa tashvishga solmaydi.

Ular mening jahlimni chiqarishgan, sababi men nima uchun ular xursand bo‘lishayotganini tushunmasdim. Ehtimol, men ularga hasad qilgandirman.

Ehtimol, ular badavlat, go‘zal va mendan yaxshiroq bo‘lishgani uchun baxtli bo‘lgandirlar.

Biroq, ko‘pchilik aytganidek “baxtli bo‘lishni istasang – shunchaki baxtli bo‘l”.

Men boshqalar uchun ham quvonish kerak ekanini har doim o‘zimga eslatib turaman. Bilmadim, hammada ham bu osonlik bilan kechadimi. Menda – aniq yo‘q. Buning uchun o‘z ustida ishlash kerak, hamda buni har kuni qilish lozim.

2. Baxtsiz kishilar

Uysizlarga qarash og‘ir. Yoki yaqin insoningiz kasalxonaga yoxud do‘stingiz qamoqqa tushganini bilish ham.

Men bunday muammolar bilan qanday kurashish lozimligini ko‘p paytlarda bilmayman. Ba’zida bu odamlardan shunchaki yuz burib ketganman.

Biroq achinish – mashq qildirib borish kerak bo‘lgan mushak kabidir. Kimningdir hayotini o‘zgartirishning eng yaxshi usuli – yordamga haqiqatdan ham muhtoj kishiga yordam berish.

Achinish tuyg‘usini mashq qildirish – bu eng yaxshi fitnes.

Men har kuni qizlarimdan bugun kimgadir yordam berishgani bilan qiziqaman. Men o‘zim buni qilmaganimda, ulardan so‘rashga ham haqqim bo‘lmasdi. Yordam kerak bo‘lgan insonlar nimadandir baxtsizdirlar.

3. Yaxshi insonlar

Ba’zi kishilarni baxtli, deyish mumkin emas, biroq ular aniq yaxshilar. Bill Geytsga hasad qilish oson. Mening o‘zim ham uzoq vaqt unga hasad qilganman, shuning uchun uning g‘oyalari “bir tiyinga qimmat”ligiga ishonishni ham istaganman.

Biroq u 100 millionlab dollarni xayriya uchun ajratadi. Aynan u tufayli yaqinda Afrikada bezgakni davolashga o‘rganib olishadi va bunga qadar echimi bo‘lmagan muammolarni hal etishadi.

Men aynan shunday bo‘lmoqchiman. Muammolarni hal qilishda ishtirok etmoqchiman. Ammo superqahramonlar safini to‘ldirish va Bill Geyts bilan elkama-elka turishni istasangiz o‘zingizda superkuchni topishingiz kerak – hasadni o‘ldirish va ular qilayotgan ishni to‘g‘ri baholash.

4. Asabiy odamlar

Gap tasodifiy o‘tkinchi yoki metrodagi tentak haqida emas. Bundaylar bilan nima qilishni yaxshi bilasiz – shunchaki o‘girilib, ketib yuborasiz.

Biroq u rahbar, do‘st, oila a’zosi bo‘lsachi? Bu odam baqirsa, haqorat qilsa, o‘zining “men”ini sizga ko‘rsatishni yaxshi ko‘rsachi? Menga masalan ko‘plab shunday insonlar uchragan – sababi men yoqishni juda ham istaganman.

Bu o‘sha odamning aybi bo‘lmagan. Bu mening aybim edi, sababi bunday qilishlariga yo‘l qo‘yganman. Bunga imkon berish kerak emas.

Muloqotni to‘xtating.

Tanaffus qiling.

Oilaviy kechki ovqatga kelmang.

Hayot juda qisqa. Boshqalar sizni haqoratlashiga yo‘l qo‘ymang.

Ehtimol, ular yordamga muhtoj ekanliklari sababli o‘zlarini shunday tutishar. Biroq yordam yaqin kishiga zarar etkazishga bog‘liq bo‘lsa – bu noto‘g‘ri.

Rahmdil bo‘ling, achinishni o‘rganing, biroq muloqotni qilishni to‘xtating. Hattoki rahbar bilan ham. Yonidan o‘tib ketayotganda salomlashing, hamda sizga ovozlarini balandlatmaydigan boshqa ishni ham qidirib boring.

Kishilar aynan shunday yo‘l bilan hayvonlarni asrlar va minglab yillar davomida o‘zlariga o‘rgatishgan.

Odamlar – tabiatning bir qismi, va bizga ham shunday uslubni qo‘llasa bo‘ladi.

Xullas, bosh g‘oya juda oddiy: o‘zingizni hurmat qiling.

Agarda sizga baxtli odamlar yoqmasa, o‘zingiz ham baxtli bo‘lmaysiz. Agarda qo‘pollik qilishlariga imkon bersangiz, shunday qilishda davom etaverishadi.

Dunyoga o‘zingiz haqida jar soling – yoki buni sizning o‘rningizga boshqa kimdir qiladi hamda bu sizning foydangizga bo‘lmasligi aniq.

Manba: «Kun.uz»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 180
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar