“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:17
ЎЗO‘Z

Jismoniy mashqlarni haftasiga necha martadan bajarish kerak?

05 mar, 11:23 12 021 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jismoniy mashqlarni haftasiga necha martadan bajarish kerak? Mushaklar qayta tiklanishi uchun qancha vaqt zarur bo‘ladi? Vazn yig‘ish uchun va ozish uchun sport mashqlarini haftada necha martadan bajargan maqbul?

Qanchalik tez-tez mashq qilish mumkin?

Tanadagi yog‘larni ketkazish uchun davomiy ammo nisbatan yengil kardiomashg‘ulotlarni haftasiga 4—5 marta o‘tkazish mumkin. Muskullarni o‘stirish maqsadidagi kuch mashg‘ulotlari esa qayta tiklanish uchun ko‘proq vaqt talab qilganligi sababli, ularni haftasiga 3—4 martadan bajargan ma’qul.

Muskullarning qayta tiklanish vaqti

Kichik va o‘rta muskul guruhlari (qo‘l, elka, press) regenerasiya uchun taxminan 48—60 soat talab qiladi. Tayanch mashqlarni bajarish hamda yirik muskul guruhlarini ishlatishdan keyin esa muskullar va markaziy asab tizimi to‘liq qayta tiklanishi uchun kamida 72 soat kerak bo‘ladi.

Faol qayta tiklanish

Kuch mashg‘ulotlari bajarilmaydigan kunlarda yengil kardiomashqlar (eshkak eshish trenajyori yoki ellipsoid) bajarish nafaqat qayta tiklanishni tezlashtiradi, balki muskullar relefiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, sauna yoki fitnes-klubning suv zonasiga tashrif ham foydali bo‘lishi mumkin.

Haftasiga necha marta mashq qilish kerak?

Xulosa qiladigan bo‘lsak, vazn yig‘ish uchun trenajyor zalida haftasiga 3—4 marta shug‘ullangan ma’qul. Yirik muskullar guruhining har biri 72 soatda bir martadan ko‘proq ishlatilmaydi — agar ko‘krak qismini dushanba kuni mashq qildirgan bo‘lsangiz, keyingi safar uni payshanba yoki juma kuni mashq qildiring.

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 100
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 270
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 133
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 314
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 274
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar