“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Soch o‘sishini qanday tezlashtirish mumkin?

17 fev, 06:48 19 869 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soch o‘sishini qanday tezlashtirish mumkin? Uzun va qalin sochlar — ko‘pchilik qizlarning orzusi. Biroq hamma ham uzun sochlarni o‘stira olmaydi. Ba’zan ular istalgan uzunlikka etmasdan sinuvchan bo‘lib qoladi. Bunday muammolarning oldini olish uchun sabablarni aniqlab, sochlar uchun tashqi va ichki parvarishni ta’minlash lozim, deb yozadi Daryo nashri.

Sochlar o‘sishiga ta’sir qiluvchi ichki omillar

Birinchi navbatda, bu ruhiy holatdir. Agar siz tushkun, stress va surunkali uyquga to‘ymaslik bilan bog‘liq sharoitda yashayotgan bo‘lsangiz organizmning sochlarga e’tibor qaratish uchun kuch topishi dargumon. Ko‘proq dam oling va xotirjam hayot kechiring, sport bilan shug‘ullaning.

Taom orqali sochlar uchun qurilish materiallari, shuningdek, moddalar almashinuvi va sochlar o‘sishini tartibga soluvchi materiallarni olamiz. Shuning uchun meva va sabzavotlar, yong‘oq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, tuxum va baliq uchun taomnomangizdan alohida joy ajrating. Har kuni yog‘ (zaytun) iste’mol qilish va etarli miqdorda suv (kuniga 1,5—2 litr) ichish haqida ham unutmang.

Tashqi sabablarga kelsak, sochlarga nisbatan qo‘llaydigan jismoniy va kimyoviy vositalarga e’tibor qaratish lozim. Bularga fen bilan quritish, bo‘yash kabilar misol bo‘la oladi. Agar siz uzun sochlarga erishishni juda istasangiz ukladka vositalaridan vaqtinchalik bo‘lsa-da voz keching.

Soch o‘sishini tezlashtiruvchi qanday vositalar mavjud?
  1. Bosh terisini muntazam massaj qilish. Kanakunjut yoki chakamug‘ yog‘i massaj foydasini yanada oshiradi.
  2. Niqob va losonlar. Qalampirli va piyozli niqoblar qon aylanishini yaxshilab, soch ildizlarini zarur oziqlantiruvchi moddalar bilan ta’minlaydi.
  3. Yana bir samarali vosita — nikotin kislotasi. U soch o‘sishini tezlashtirish va ularni mustahkamlash uchun bosh terisiga suriladi. U tomirlarni kengaytiruvchi effektga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 187
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 257
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 177
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 380
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 415
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 639
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar