“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:19
ЎЗO‘Z

Jek Madan muvaffaqiyatga erishish uchun 5 maslahat

10 fev, 14:07 10 183 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jek Madan muvaffaqiyatga erishish uchun 5 maslahat Ko‘p odamlar kunduzgi vaqtni sakkiz soatlik ish kuniga, uning kelajakdagi kasb pillapoyasidan yuqorilashi uchun berilgan vaqt deb qaraydi. Tabiiyki, barcha diqqat-e’tibor markazida mana shu soatlar turadi. Ba’zan odamlar rivojlanishi uchun u ishlayotgan rahbar va kompaniyaga ham bog‘liq, deb ishonishadi. Quyida sizga haqiqatan yordam berishi mumkin bo‘lgan 5 ta maslahatni taqdim etamiz. “Alibaba Group” asoschisi, qiyofasi “Forbes” jurnalida bosib chiqarilgan ilk xitoylik boy, Jek Ma bugungi kunda 28,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi resurslaga egalik qiladi. Dunyodagi eng boy xitoylik Jek Ma o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

1.Oqshomda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishingiz o‘ta ahamiyatlidir

Men oliy ta’lim muassasasida marketing yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim, lekin har doim dizayner bo‘lishni orzu qilganman. Buning uchun kechayu kunduz dizaynerlik bilan shug‘ullanib, loyihalash qobiliyatini yaxshi egallash uchun qo‘shimcha ishlar ham ola boshladim. Bu mashg‘ulotlar ko‘p vaqt talab qildi.

Rahbar bo‘lganimda esa dizayn bilan shug‘ullanmay qo‘ydim va o‘z kasbim, marketinga qaytdim. Lekin g‘ayratli va ijodkor bo‘ldim. Agar men faqat ish soatlarimda o‘z ustimda ishlaganimda, hech qachon qobiliyatli direktor va boshqaruvchi bo‘lmasdim.

Men o‘zimga berib kelayotgan “darslarim”gagina ishonaman.

Men tanigan eng omadli insonlar ham bosib o‘tgan yo‘limdan ketgan. Tarix fakultetini tamomlagan do‘stim bor, keyinchalik texnik savdo bilan qiziqib qolgan. Kunduzlari telemarketing sohasida ishlab, kechasi dasturlashni o‘rganib bordi. Oxir-oqibat, u yirik kompaniyaning savdo masalalari bo‘yicha vise-prezidenti bo‘ldi. Uning kelajagini kechki soat oltidan o‘n ikkigacha nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganligi aniqlab berdi. Albatta, shaxsiy hayot va ish jarayonlari orasidagi me’yorni saqlay bilish kerak. Agar sizning farzand va turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lsa, ular bilan kechki soatlarni mazmunli sarflash muhim.

2. Ko‘p narsa o‘zgarishini xohlasangiz, ko‘proq mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ling!

Asli kelib chiqishi qashshoq afrikalik oiladan bo‘lib, Vest-Pointdagi harbiy akademiyaga qabul qilingan bir ustozim o‘z oilasidan birinchi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan vakil edi. Undan muvaffaqiyatga erishishida qilgan eng katta harakati nima bo‘lganini so‘radim. U esa hech qachon mutolaadan to‘xtamasligini ta’kidladi. U hayotda nimaniki istasak, bilim – ana shu xohish uchun yagona kalit ekanligiga ishonardi. Mutolaa sizni hamkasblaringizdan bir bosh ustun qilib, juda ham sezilarli ravishda rivojlantira oladi.

Entoni Robbins aytgan:

“Agar siz muayyan bir mavzuda bilim olish uchun har kuni bir soat mutolaa qilsangiz, bir yildan so‘ng ushbu mavzu doirasida er yuzidagi 99,999% odamdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga egalik qilasiz”.

Hatto, har kech o‘ttiz daqiqa kitob o‘qish uchun sarf etib, bir haftada bemalol bitta kitobni mutolaasini yakuniga etasiz.

3. Turli xil loyihalarda ishtirok eting

Agar kompaniya barcha bilimlaringizni amaliyotda qo‘llashga imkon bermayotgan bo‘lsa, u holda sharoitni o‘zingiz yarating. Siz ko‘ngillilar jamoasi safida turli xil loyihalarda ishtirok eta olasiz.

Jamoa bilan ishlar ekansiz, bu tarmoq amaliyotida qanday qilib bilimingizni qo‘llashni o‘rganasiz va ko‘zlangan natijalar borasida fikrlar oydinlashadi.

4. Aloqalarni faol mustahkamlab boring

Atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishingiz, kasbiy faoliyatingizni tez rivojlantiradi. Agar sizni ko‘p tanishlaringiz bo‘lmasa, bu masala yuzasidan ko‘proq vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Ishxonadagi hamkasblar, rahbaringiz bilan muloqotda bo‘ling. Agar tadbirkor bo‘lsangiz, sizning tanishlaringiz bu birinchi xaridorlaringiz bo‘ladi.

5. Hayotni o‘zgartirishni bugundan boshlash lozim

Bu matni o‘qib, balki kech soat oltidan tun yarmigacha hozir uyda o‘tirgandirsiz. Jismoniy va ruhan charchagan bo‘lishingizga qaramay, siz istagan vazifani bajara olasiz. Buning uchun qolganlarning ko‘rsatma, buyruqlariga hojat yo‘q.

Bu vaqtda miyangizning faoliyatini ish stolingizdagi kompyuterni o‘chirib qo‘ygandek to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin. Lekin uni yanada aqlli bo‘lishga, kuchli va ziyrak idrok etishga, yangi tanishlar orttirishga jalb qilish imkoniyati ham bor. Barchasiga bugundan kirishing, har kuni bir soatdan vaqt ajrating.

Sizning hayotingiz bir yildan keyin ijobiy tomonga o‘zgarishiga va’da beraman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 179
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar