“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:38
ЎЗO‘Z

Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi

10 fev, 11:15 10 754 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi Amerikalik parhezshunoslar ozish imkonini beruvchi yormalarni iste’mol qilishning eng ma’qul usulini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etildi, deb yozadi Daryo nashri.

Mualliflar fikricha, butun donli, ya’ni ishlov berilmagan (yanchilmagan va tozalanmagan) yormalar sog‘liq uchun eng foydalilaridir. Ular tana vaznini kamaytirishni osonlashtirib, yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi.

Olimlar sakkiz hafta davomida 40—65 yoshdagi ko‘ngillilarning parhezini kuzatib, shunday xulosaga keldi. Dastlabki ikki hafta davomida ishtirokchilar ishlov berilgan dondan tashkil topgan taxminan bir xil mahsulotlarni iste’mol qildi. Shundan so‘ng ularni 40 va 41 kishilik ikkita guruhga ajratishdi. Birinchi guruh avvalgi parhezni davom ettirdi, ikkinchisi esa faqat ishlov berilmagan donlarni tanovul qila boshladi.

Ikkinchi guruh ishtirokchilarining ichaklarida normal pH uchun qulay sharoit yaratadigan bakteriyalar ko‘proq, yallig‘lanish rivojlanishiga imkon beradigan bakteriyalar esa kamroq bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, butun donli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida har kunlik rasionning umumiy energetik qiymati taxminan 100 kilokaloriyaga kamayadi.

Mualliflar rasionga butun donli un, suli va jigarrang guruchni kiritishni tavsiya qiladi. Ishlov berilgan va ishlov berilmagan donlar o‘rtasidagi farqlar shundaki, ishlov berilmaganlari tarkibida kletchatka va mikroelementlar ko‘proq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 122
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 147
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar