“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:28
ЎЗO‘Z

Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar

09 fev, 08:29 10 826 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar Tvorog tarkibida ko‘p miqdorda vitamin va minerallar mavjud bo‘lib, ular yuz terisi sog‘lomligini tiklash va undagi ajinlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Masalan, undagi A vitamini terini yoshartirsa, B12 vitamini yuz terisi rangini yaxshilaydi, magniy mikroelementi esa kollagen ishlab chiqarilishiga ko‘mak berib, ajinlarga qarshi kurashadi.

Yuz uchun niqoblardan foydalanishdan avval teringiz turini aniqlab oling. Quruq teri uchun eng yog‘li tvorog, yog‘li teri uchun esa aksincha yog‘sizlantirilgan tvorogdan foydalangan ma’qul, deb yozadi Daryo nashri.

Tvorog va bananli niqob

Yuz terisini qisqa vaqt ichida tartibga keltirish kerak bo‘lsa, bu niqob aynan siz uchundir. U teridagi ajinlarni tekislab, namlantiradi, oziqlantiradi va tetiklik bag‘ishlaydi. Niqobni tayyorlash uchun bir osh qoshiq tvorog va bananli pyureni ikki osh qoshiq smetana bilan aralashtiring.

Tvorogdan yoshartiruvchi niqob

Makzur niqobni 2—3 hafta qo‘llashingiz bilan yuz terisi ko‘z o‘ngingizda o‘zgarganligini payqaysiz. Niqob uchun ikki osh qoshiq tvorog, bir dona tuxum, bir choy qoshiqdan asal va Shi yog‘i (uning o‘rnini o‘simlik yog‘i ham bosa oladi), yarim choy qoshiq maydalangan dolchin, bir osh qoshiq konyak, bir ampula suyuq E vitamini (dorixonalarda sotiladi) kerak bo‘ladi. Barchasini aralashtirib, yuzingizga suring. Niqobni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.

Yuz rangini yaxshilovchi tvorog va reza mevali niqob

Yuz terisini sog‘lomlashtirish va yorqinligini qaytarishda mazkur niqob qo‘l keladi. Niqob uchun ikki osh qoshiq sarhil reza mevalar va ikki osh qoshiq tvorog kerak bo‘ladi. Istalgan mevalardan foydalanish mumkin. Asosiysi, quruq yuz uchun shirin mevalar, yog‘li yuz terisi uchun nordon mevalar tanlash kerak. Mevalar va tvorogni arashtirib, ezasiz hamda tozalangan teriga surasiz.

Niqoblarni qo‘llashda quyidagi qoidalarga amal qiling:

– Niqobdan avval terini skrab yordamida tozalang;

– tvorogli niqobni yuzda 20—30 daqiqa ushlab turish lozim;

– niqob iliq suv bilan yuviladi;

– uni haftada bir marta bir oy mobaynida qo‘llash tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 179
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar