“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:16
ЎЗO‘Z

Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak?

08 fev, 07:14 16 620 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak? Ba’zan o‘zgarishni, rang bilan tajriba qilib, sochlarimiz rangini o‘zgartirishni istab qolamiz. O‘zgarish har doim qiziq, biroq sochlarni salonda bo‘yatish ma’lum mablag‘ sarflashni talab etadi. Shunda ularni mustaqil ravishda, uyda bo‘yash fikri paydo bo‘ladi. Bu jarayon bir qarashda juda osondek tuyulsa-da, muayyan qoidalarga amal qilibgina sochlarning tabiiy go‘zalligini buzib qo‘ymasdan, chiroyli rangga erishish mumkin, deb yozadi «Daryo» nashri.

Quyida eng yaxshi stilistlarning tavsiyalarini keltiramiz.

Sochlaringizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, bo‘yoqni butun boshingiz bo‘ylab suring. Keyinchalik esa o‘sib borishiga qarab, faqat ildizlariga surasiz.

Bo‘yoqni sochlaringizda ushlab turish vaqti qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Odatda «30 daqiqadan 45 daqiqagacha» deb ko‘rsatiladi, demak oxirgi chorak soatda istagan rangingizga erishasiz. Jingalak soch sohibalari eng minimal vaqtni tanlashlari kerak, chunki bo‘yoq sochning g‘ovak qismlaridan juda tez o‘tadi. Bu tabiiy yoki sun’iy jingalak sochlarga birdek taalluqli.

Bo‘yoq komplektidagi kondisioner odatdagilardan pH darajasining pastligi bilan farqlanadi. Shuning uchun soch qoplamini silliqlashtirib, rangning uzoqroq saqlanishiga ko‘mak beradi.

Ba’zan hosil bo‘lgan rang ko‘nglingizdagidek chiqmasligi mumkin. Bunda vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li to‘qroq rangga bo‘yashdir. Agar me’yoridan oshib ketishidan cho‘chisangiz, yaxshisi salonga murojaat qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 162
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 345
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar