“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:21
ЎЗO‘Z

Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga erishish usullari

06 fev, 07:31 10 759 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga erishish usullari Ovoz kishiga tavsif berishning eng muhim jihatlaridan biridir. Suhbatdoshimiz nima haqida va qanday so‘zlayotganligiga, o‘zimiz istamagan holda, doim e’tibor qaratamiz va tegishli xulosalar chiqaramiz. Xushohang ovoz va aniq talaffuz har doim yaxshi taassurot uyg‘otadi. Biroq tabiatan bunday xislatlarga ega bo‘lmagan kishilarga quyidagi mashqlar yordam beradi, deb yozadi «Daryo» nashri.

1. Ovozingiz juda past bo‘lsa

Qo‘lingizni qorningiz ustiga qo‘ying. Jahlingiz haddan ortiq chiqqan vaqtni eslang. Istalgan matnni qo‘lingizni qorningizga qo‘ygan holda talaffuz qilishga harakat qiling. Tovushlar aynan qorin sohasidan chiqishiga e’tibor qarating. Ichingizdagi nafratni chiqarib yuboring. Mashqni bir necha marta takrorlagandan so‘ng nutqingiz rasmiyligi yo‘qolib, samimiyroq jaranglay boshlaydi.

2. Agar ovoz tomoqqa «tiqilib» qolsa

Tomoqni ozod qilib, asosiy vazifani lablar va diafragmaga o‘tkazuvchi mashq bajaring. «Kyu-iks» bo‘g‘inlarini talaffuz qiling: «kyu» talaffuz qilinganda lablar aylana shaklga kirsa, «iks»ni ochiq tabassum bilan ifodalang. Mashqni 30 marta takrorlang, shundan so‘ng uning foydasiga ishonch hosil qilish uchun kichikroq nutqni talaffuz qilib ko‘ring. Bunday mashqdan so‘ng ommaviy chiqishlarda ovoz paychalari kamroq toladi.

3. Agar ovoz jarangdor bo‘lmasa

5—10 daqiqa istalgan matnni undosh tovushlarsiz baland ovozda o‘qing. Shundan so‘ng uni unli tovushlarsiz qayta o‘qing. Tez orada ovozingiz jarangdorlikka ega bo‘ladi.

4. Agar talaffuzingiz oqsasa

Talaffuzni istalgan matnni ovoz chiqarib o‘qish orqali yaxshilash mumkin. Masalan, biror shoir she’rini «yopiq og‘iz» uslubida: lablar tutashgan, tishlar orasini ochgan holda o‘qish mumkin. Shu tariqa artikulyasiyaviy mushaklar faolroq ishlay boshlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 73
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar