“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:11
ЎЗO‘Z

Yuz terisi turini aniqlaymiz

03 fev, 14:42 12 249 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuz terisi turini aniqlaymiz Yuz terisini parvarish qilishda terining turini bilish muhim ahamiyatga ega. Teri turiga qarab tozalovchi va oziqlantiruvchi vositalar tanlanadi.
Terining turini aniqlashdan oldin yuzni tozalash zarur. Teri bir necha soat davomida kosmetik vositalarsiz dam olganidan keyin uni kunduzgi tabiiy yorug‘likda diqqat bilan kuzatish kerak, deydi «Daryo» nashri.

Agar sizning teringizda:
– teri teshikchalari kengroq bo‘lsa;
– teri qalin ko‘rinsa;
– yuvilgandan so‘ng yaltirab qolsa;
– unda toshmalar bo‘lsa, teringiz yog‘li hisoblanadi.

Agar:
– teridagi teshikchalar bilinmasa;
– teringiz yupqa pergament kabi bo‘lsa;
– teringiz yaltiramasa;
– teringiz juda och qizg‘ish rangda bo‘lsa, quruq turiga oid hisoblanadi.

Terining aralash xiliga oidligini quyidagi belgilardan aniqlash mumkin:
– teshikchalarning bilinar-bilinmas bo‘lishi;
– yuzning hamma sohasidagi terilarning bir xil emasligi;
– peshana, burun va iyak sohasi terisining haddan tashqari yaltillashi;
– terining bir tekis qoramtir rangda bo‘lishi.

Ta’sirchan terini quyidagi belgilardan bilish mumkin:
– kosmetik vositalar yoqmasligi;
– yorilgan va qizil tomirlarning ko‘rinib turishi;
– ba’zi mahsulotlarning allergiya chaqirishi.

Normal teri esa bir xil rangda bo‘ladi. Silliq, tarang va toza ko‘rinishga ega bo‘lib, sovunli suv va boshqa kosmetik vositalar ta’siri sezilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 232
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar