“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?

03 fev, 07:49 8 746 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim? Tan olish kerak, maktab ko‘ngilochar muassasa emas. Bolalar bog‘chasidan farqli ravishda bu erda bolani ovqatni oxirigacha eb qo‘yganligi yoki uxlagani uchun maqtashmaydi ham. Bolalar maktabga bilim olish uchun boradi va bu jarayon ko‘chada o‘ynash yoki multfilm tomosha qilish kabi maroqli emas, deyiladi Daryo sayti ma’lumotida.

Agar farzandingiz o‘qishni istamasligini ma’lum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo echimini topishga harakat qilishingiz lozim. Axir bola uchun hech narsaning qizig‘i bo‘lmasligi mumkin emas. Uning maktabdan tashqari biror qiziqarli mashg‘ulotini aniqlang va uni maktab fanlari bilan bog‘lang.

Masalan, o‘g‘il bola kompyuter o‘yinlariga qiziqsa, uni dasturlashga qiziqtirish, modaga qiziqqan qizlarni esa o‘z «modalar jurnali»ni yaratishga qiziqtirish mumkin. Bu orqali qizlarda tasviriy san’atga, qolaversa, savodxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkin. Axir jurnallarda bexato yozish talab etiladi.

O‘qishni istamaslikning yana bir sababi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Agar bola darslarda gap nima haqida borayotganligini tushunmasa, u zerikish, noqulaylikni his qiladi. Shu sababdan ma’lum bir fanni ham yoqtirmay qoladi!

Bu vaziyatni uning o‘qituvchisi bilan muhokama qilib ko‘ring. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun repetitor xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.

O‘quv jarayoniga qiziqishning yo‘qolishiga buning aksi — bilimlarning juda oson o‘zlashtirilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, birinchi sinfga o‘qishni bilib borgan bolalar tengdoshlarining harf o‘rganishidan zerikishi mumkin. U qiziqishini butunlay yo‘qotmasligi uchun turli foydali mashg‘ulotlar, klub va to‘garaklarga yo‘naltirish lozim.

Asosiy qoidaga amal qiling — hech qachon bolani kamsitmang! Agar bola o‘qishni istamasa bu uni dangasa, bilmasvoy kabi so‘zlar bilan kamsitishga asos bo‘la olmaydi.

Bolaning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uni qo‘llab-quvvatlabgina o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qaytarish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 72
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar