“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

Qatronli sovunning soch va teriga ajoyib ta’siri

28 yanv, 18:13 12 123 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qatronli sovunning soch va teriga ajoyib ta’siri Qatronli sovun tarkibining 10 foizini qayin daraxtidan olingan qatron tashkil etadi. Ayni shu qatron tufayli bu sovun – «go‘zallik sovuni» degan nomga sazovor bo‘lgan, deb yozadi «Daryo» nashri.

Qatronli sovun yuz terisini tozalashda va yallig‘lanishni quritishda ishlatiladi. U yuz terisidagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, dezinfeksiya qilishda va teri yallig‘lanishiga tez barham berishda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.

Qatronli sovundan muntazam ravishda foydalanish natijasida yuz terisi quruq bo‘lib va tortishib qolgandek sezilishi mumkin. Bu muammoni yuvingandan so‘ng namlovchi krem surish orqali bartaraf etsangiz bo‘ladi.

Sovun bilan yuvinishda iliq suvdan, chayqashda esa sovuq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Qatronli sovun nimjon va shikastlangan sochlar uchun juda foydali. 1 haftada 1-2 marta shampun o‘rnida ishlatish – soch to‘kilishining oldini olishga va soch ildizini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu sovun qazg‘oqqa qarshi kurashishda ham foydali vosita hisoblanadi.

Qatronli sovunning faqat bir xususiyati sizga yoqmasligi mumkin. Bu – uning hidi. Bu muammoni 1—2 tomchi efir yog‘i qo‘shilgan chayqaydigan balzamdan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etsa ham bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 163
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 116
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 291
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 403
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar