“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:43
ЎЗO‘Z

Eng keng tarqalgan psixologik test: Imzoga qarab xarakterlarni aniqlaymiz! Xo‘sh, siz qanday dastxat qo‘yasiz

25 yanv, 00:50 32 913 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng keng tarqalgan psixologik test: Imzoga qarab xarakterlarni aniqlaymiz! Xo‘sh, siz qanday dastxat qo‘yasiz Menga dastxat bering! Ha, adashmadingiz. Dastxatingiz kerak! Nega deysizmi? Bu orqali Siz va sizning fe’l-atvoringiz haqida bilib olmoqchimiz. Psixologlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari nechog‘li haqiqatga yaqin bilmadig-u, ammo bu orqali o‘zingizga, tabiatingizga bir qur nazar tashlab olish, ayrim kichik kamchiliklaringizni to‘g‘irlash imkoni hali ham borligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Imzo o‘lchamingiz katta-katta bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, kichik bo‘lsa, bir so‘zli insonsiz.

Uzun imzo – sinchkov, ba’zan mijg‘ov.

Kalta imzo – gapning mag‘zini tezda chaqadi, bir xillikni yoqtirmaydi.

Dumaloq – yuvosh, mehribon, og‘ir-vazmin.

Burchaksimon – betoqat, jizzaki, injiq.

Harflar orasidagi oraliq katta bo‘lsa saxiy, pul sarflashni yaxshi ko‘radi.

Harflar zich va mayda bo‘lsa, tejamkorlikni bildiradi.

Har-xil elementlarga boy imzo, masalan, aylana – bir qator muammolari bor, ilmoqchalar – ehtiyotkor va qat’iyatli, rasmlar – har bir ishga ijodkorona yondashadi, murakkab elementlar – katta lavozimlarni ko‘zlaydi.

Imzodagi yakuniy element yuqoriga bo‘lsa, hayotdan rozi; pastga – tushkunlikka moyil; to‘g‘riga – fe’l-atvori o‘rtachalikni bildiradi.

Imzodagi “dum”lar uzun bo‘lsa, demak birovning fikrini eshitishga toqati yo‘q, kalta bo‘lsa, yuragi tor.

Oddiy imzo egasi “muammo yo‘q” qabilida yashaydi, bachkana imzo qo‘yuvchilar pashshadan fil yasaydigan bo‘lishadi, original imzoga egalar katta ijodiy salohiyatga ega bo‘ladi.

Imzo qanchalik tushunarli bo‘lsa, egasi ham shu qadar ochiqko‘ngil bo‘ladi.

SAMO tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 177
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar