“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:40
ЎЗO‘Z

Original atirni qalbakisidan qanday farqlash mumkin?

01 yanv, 21:15 14 693 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Original atirni qalbakisidan qanday farqlash mumkin? Mashhur brendlarning atirlari arzon turmasligi barchamizga ma’lum. Bu pullar atir qutisi va idishini qalbakilashtirishni o‘rganib olgan firibgarlarga nasib qilishini istamaymiz, albatta. Atir xarid qilishda uning soxtasiga uchramaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Sertifikatini tekshiring

Qo‘lingizda original yoki qalbaki atir ushlab turganligingizni aniqlashning eng sinalgan usuli — sotuvchidan uning sertifikati, aniqroq aytganda, ishlab chiqaruvchisi, distribyutori va ishlab chiqarilgan davlat ko‘rsatilgan muvofiqlik deklarasiyasini so‘rashdir.

Sinalgan do‘kondan xarid qiling

Agar bundan avval biror do‘kondan original atir xarid qilgan bo‘lsangiz, keyingi safar ham yangi atir uchun unga yo‘l olishni tavsiya etamiz. Agar birinchi marta xarid qilayotgan bo‘lsangiz, do‘st va tanishlaringizning tavsiyalariga quloq tuting.

Atir o‘rami (upakovka)ni ko‘zdan kechiring

Agar do‘kondan sertifikat so‘rashga jur’at qilolmayotgan yoki sizga atirni sovg‘a qilishgan bo‘lsa, unda boshqa belgilarga qarab uning sifatini aniqlashingizga to‘g‘ri keladi. Ishni karton qutining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirishdan boshlaymiz. U qimmatbaho va o‘ziga jalb qiluvchi ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.

Karton qalin, yorqin ranglarda bo‘lishi, undagi yozuvlar aniq va oson o‘qilishi kerak. Agar o‘ram polietilenga o‘ralgan bo‘lsa, u yupqa va qutiga jips yopishib turishi, uning chetlari qo‘pol yopishtirilgan emas, kavsharlangan bo‘lishi lozim.

Atir idishiga ahamiyat bering

Idish shishasi sifatli, ichida pufakchalari va boshqa kamchiliklari bo‘lmasligi lozim. Agar shisha rangli bo‘lsa, u tashqi tomondan bo‘yalgan bo‘lmasligi, ya’ni bo‘yog‘i ketib qolmasligi kerak. Qopqog‘i etarlicha og‘ir va flakonni zich yopib turishi lozim.

Flakonni silkitib ko‘ring. Sifatli atirda paydo bo‘lgan pufakchalar 10—15 soniyadan keyin, sifatsizida esa o‘sha zahoti yo‘qoladi.

Atir narxi ham muhim jihat sanaladi. Agar rasmiy saytida Dior atiri 150 evro bo‘lib, sotuvchi esa uni 150 ming so‘mga taklif qilayotgan bo‘lsa, demak bu erda bir gap bor.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 155
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 115
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 290
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar