“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

2017 yil uchun raqamli bashorat (Juda qiziq)

31 dek, 12:48 11 243 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2017 yil uchun raqamli bashorat (Juda qiziq) Buning uchun boshlanishiga 2017 yil uchun o‘z shaxsiy soningizni aniqlab oling. Masalan, siz 12 yanvarda (12.01) tug‘ilgansiz:1+2+0+1=4.

Bu songa 1 raqamini qo‘shing, u 2017 yil raqami sanaladi (2+0+1+7=10; 1+0 =1). Shunday qilib 4+1 =5. Natijada 5 soni sizning 2017 yilga bo‘lgan shaxsiy raqamingizdir.

Shaxsiy raqamingiz – 1

Vaqt kutib turmaydi. Bir bu yo‘l boshi, mustaqillik, faol harakat timsolidir, demak siz o‘z ezgu orzuyingizni amalga oshirishga kirishingiz kerak. O‘tmish xotiralari qiynayaptimi? Unuting, o‘z imkoniyatlaringizga ishonib, oldinga qarang va fe’l-atvoringizni ko‘rsating. “Sekin harakatlanish” tavsiya etilmaydi: 2017 yilda

rulni katta oqim o‘rtasiga qo‘rqmay burib, gazni bosing.

Shaxsiy raqamingiz - 2

Boshqalar bilan kelishish, hamkorlik qilish, hamfikrlarni topish, sabr, e’tibor asosiy fazilatlaringiz bo‘lishi darkor. Hayotda nimadir sizga yoqmasa qaysarlik qilish yo umuman gaplashmay qo‘yish yaramaydi. Siz uchun yakkalikda emas, balki jamoada ishlash ko‘proq samara keltiradi.

Shaxsiy raqamingiz – 3

2017 yil voqealarni jonlantirish, idrokingizni yangilash, tasavvurlaringizni uyg‘otishga qaror qilganga o‘xshaydi. Siz ham bu o‘ynoqi ritmga moslashing, qiziqing, o‘zingizni ko‘rsating va hayotning ranglaridan zavqlaning. O‘ynab-kuling, dam olish kunlari va bayramlarni do‘stlar davrasida maza qilib o‘tkazing.

Shaxsiy raqamingiz – 4

2017 yilda vaqtni zoe ketkazmay, yanayam yaxshiroq ishlashga bel bog‘lang. Sabot va qat’iyat, sovuqqonlik va xolislik, o‘z-o‘zini boshqara olish asosiy fazilatingiz bo‘lsin va samarali qarorlar chiqarishga intiling. Natija sizni uzoq kuttirmaydi.

Shaxsiy raqamingiz – 5

Hayotingizda sodir bo‘layotgan har bir yangilikka e’tiborli bo‘ling, ularni ochiq yurak bilan qarshi oling. Oldingi shubha-gumonlarni unuting: yangi yil qartalarni adashtirib, qo‘lingizda butkul yangisi paydo bo‘ladi, o‘yin juda qiziqarli bo‘lishi aniq. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying, odatiy narsalar joyini almashtiring, agar maqsad sari yo‘l uzoq ko‘rinsa, qayerdadir kesib ham o‘tish mumkin. Tavakkal qilgan yutadi, unutmang!

Shaxsiy raqamingiz - 6

Bo‘lar-bo‘lmasga kuch sarflamang, biroq tashkilotchilik qobiliyatingizni ko‘rsatishdan qo‘rqmang. Atrofingizdagi odamlar sizga muhtoj, mas’uliyat bilan masalani hal qilishingizga ishonishadi-bu borada o‘zingizni munosib tarzda ko‘rsatishingiz kerak. Kelayotgan yilda ishdayam, shaxsiy hayotdayam ko‘pincha voqealar markazida bo‘lasiz. Qat’iyatli bo‘ling.

Shaxsiy raqamingiz – 7

Omma bilan ko‘r-ko‘rona yugurishdan oldin, sal chetroqqa chiqib, avvalambor o‘z-o‘zingiz bilan kelishib oling. O‘zingizga to‘g‘ri savollar bering, asl xohishlaringizni aniqlashtiring. Sodir bo‘layotgan voqealarni bir boshdan tahlil qilishga vaqtingiz bo‘ladi, faqatgina sizdagi quvvatni “so‘rib” oladigan odamlardan uzoqroq yurishga harakat qiling.

Shaxsiy raqamingiz – 8

Yangi yil sizni chorlaydi-siz esa bu chorlovni eshitasiz! 8 raqami o‘zini ko‘rsatishga, o‘z obro‘yini yanayam oshirishga, raqib bilan ochiqchasiga jang qilishga va raqobatdoshlarni engishga bel bog‘langanlar uchun omadli sondir. Ikkilanmang, o‘z kuchingizga ishoning, yuksak cho‘qqilar sari intiling!

Shaxsiy raqamingiz – 9

Amalga oshmagan rejalar, omadsiz muhabbatni unuting. O‘tmishga bog‘lanishdan biron naf yo‘q. O‘z yuragingizga quloq soling,o‘z fikrlaringizga ishoning-vaqt chegarasini bosib, yangi, yorug‘ bosqichga o‘tishingizga oz qoldi.

Manba: Diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 137
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 303
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 343
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar