“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:57
ЎЗO‘Z

Millionerlarning eng asosiy siri ma’lum bo‘ldi

27 dek, 12:48 7 264 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Millionerlarning eng asosiy siri ma’lum bo‘ldi Deyarli bir asr ilgari jurnalist Napaleon Hill Amerikaning eng badavlat va omadli ishbilarmonlari tomonidan qo‘llanuvchi strategiyalarini kashf qilish missiyasiga otlandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

U 20 yil davomida 500dan ziyod millioner hayotini o‘rganib chiqdi, uning tadqiqotlari 1937 yilda tugallanib, "O‘ylang va boying" bestsellerida o‘z ifodasini topdi.

Hillning so‘zlariga ko‘ra, sevgi-muhabbat va romantika omad va boylikni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu his-tuyg‘ular erkaklarni yuqori cho‘qqilar sari chorlaydi.

"Kareradagi eng muhim tanlov kimga uylanishingga bog‘liq", - deydi Facebook tarmog‘ining bosh operasion direktori Sheril Sandberg.

Ko‘pchilik bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan Ketrin Elford ham: "Agar men boshqa turmush o‘rtoq tanlaganimda hayotim mutlaqo boshqacha bo‘lardi..."

Bu omil katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ham bunday fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari Brittani Solomon va Joshua Jekson o‘tkazgan tadqiqot ham insofli va farosatli turmush o‘rtoq maoshning sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidlashgan.

Bunday yor o‘z juftining kareraga katta e’tibor qaratishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ularda o‘z turmushidan mamnunlik hissi seziladi. Tadqiqotchilar uyda stress va dramaning yo‘qligi hamda qulay sharoit ishdagi ruhiy va jismoniy faollikka olib kelishini ta’kidlashadi.

Hill falsafasining muayyan qismi eskirgan bo‘lsa-da, uning mustahkam munosabatlar boylik va farovonlikka etaklashiga doir fikrlari hanuz o‘z isbotini topmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 152
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 114
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 290
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar