“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

Inson immuniteti quyosh nuriga bog‘liqmi?

24 dek, 10:30 8 989 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Inson immuniteti quyosh nuriga bog‘liqmi? Amerikalik tadqiqotchilar inson immuniteti eng muhim hujayralarining faolligi quyosh nuri orqali boshqarilishini aniqlashdi. Bu zamonaviy hayot tarzi inson immunitetining to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilishini bildirishi mumkin. Scientific Reports jurnalida shu mavzuda maqola chop etildi.

Tadqiqotlar davomida mutaxassislar quyosh nuri insonning T-limfositlari harakatchanligini keskin ko‘tarishini, T-limfositlar esa - inson immunitetining eng muhim qismi ekanini isbotlab berishdi. Ular begona antigenlarni tashuvchi hujayralarni (deyarli barcha "yov" hujayralarni) izlash, aniqlash va yo‘q qilishni ta’minlashadi. Saraton hujayralari bilan ham aynan ular kurash olib borishadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, quyosh nuridagi ko‘rinuvchi ko‘k yorug‘lik bilan nurlanish vaqtida T-limfositlarda vodorod peroksidi hosil bo‘ladi. U biokimyoviy jarayonlarni, shu jumladan T-limfositlar harakatini faollashtiradi va bu kasalliklarni keltirib chiqaradigan "yov" hujayralarini topib, ularni yo‘q qilishga yordam beradi.

Inson taraqqiyot asriga qadar quyoshdan etarlicha ko‘k rangdagi yorug‘likni olgan. Bugun esa u deyarli yopiq inshootlarning ichida yashaydi, tabiiyki, bu quyosh nuri etishmovchiligiga olib keladi. Bu teridagi T-limfositlar harakatlari va kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bilan kurashish sekin kechishidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, agar ko‘k rangdagi yorug‘lik bilan nurlanish organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, uni immunitetida muammosi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llash mumkin. Olimlar shuningdek ko‘zning xiralashishi aynan quyoshda kam yurishning oqibati ekanligini taxmin qilishmoqda. Bir necha oy ilgari ko‘k rangdagi nurning jarrohlik amaliyoti vaqtida inson ichki organlariga ziyon etishidan himoyalashi ham aniqlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 214
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 368
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar