“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:48
ЎЗO‘Z

Enagalarga ishonsa bo‘ladimi?

19 dek, 19:16 7 645 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Enagalarga ishonsa bo‘ladimi? Ko‘zingizning oqu qorasi — aziz farzandingizni ba’zan opa-singlingizga ham ishongingiz kelmaydi. «Qo‘lidan tushirib yuborsa-ya, qorni och qolsa-ya» degan hadikda bo‘lasiz. Ammo majburiyat tufayli yoki vaziyat taqozosi bilan bolalarini o‘zlari parvarish qilishga imkonsiz yosh onalar enaga yollashga majbur bo‘lishadi. Xo‘sh, bu borada nimalarga e’tibor berish kerak? Mavzu shu haqda.

Onami yoki Enaga?!

Ona o‘z his-tuyg‘usiga ishongan holda boladagi o‘zgarishlarni sezadi. Enaga esa o‘z tajribasi, olgan bilimlari va ko‘nikmalariga suyanadi. Yoshi katta buvijonlarga har kuni kichik yoshdagi, balki oylik chaqaloqlarni tashlab ketolmaysiz. Ular ba’zan yig‘isini eshitmay qolishlari, ba’zan esa o‘ynab yuribdi-ku deb, nazoratni salgina susaytirishlari ham mumkin. Ammo mas’uliyatli buvilarimiz ham yo‘q emas. Lekin baribir, agar sizda tanlash imkoni bo‘lsa, volidangiz yoki qaynonangizga keksalik gashtini surishga izn bering-da, enaga xizmatini o‘ylab ko‘ring.

Surishtiruvni boshlaymiz...

Enaga yollash va unga haq to‘lash bir muammo bo‘lsa, farzandingizni ishonib topshiradigan insonni topishning o‘zi mushkul. Axir birinchi uchragan kishiga kim ham o‘z bolasini ishonardi. Bugungi kunda maxsus agentliklar enagalarni tavsiya qiladi. Ular xodimlarining, ya’ni o‘zlari tavsiya qilgan enagalarning ish sifatiga kafolat berishadi. Lekin siz bu agentlik emas, balki dugonangiz tavsiya qilgan biror enagaga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, undan avvalgi ishlagan joyidan tavsifnoma olib kelishini so‘rang. Ish faoliyati 1 yildan kam bo‘lgan enagalarga yaxshisi murojaat qilmaganingiz ma’qul. Shuningdek, 20 yoshga to‘lmagan va 55 yoshdan oshganlar ham bu lavozimga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki birining hali tajribasi yo‘q, ikkinchisi esa bola parvarishidan charchab qolishi mumkin.

Talablaringizni aniqlashtiring

Enaga bilan avvaldan kelishuv, ya’ni bitim imzolab, talablaringizni ma’lum qiling. Masalan, bolangiz soat nechada uxlashi kerak, qachon ovqatlanadi, bir kunda qancha vaqt ochiq havoda sayr qilishi lozim. Agar ma’qul kelsa, enaga bolani istirohat bog‘lariga, teatr va ko‘ngil ochar maskanlarga ham olib borishi mumkin. Shuningdek, enaga tanlayotganda farzandingiz qo‘shimcha bilim olishini istaysizmi yoki salomatligiga urg‘u bergingiz kelayaptimi, shunga ham e’tibor qiling. Chunki enagalar pedagog yoki tibbiyot xodimlari ham bo‘lishi mumkin.

Kamchiliklari bo‘lsa-chi?

Agar enaga sifatida uzoqroq qarindoshingiz yoki qo‘shningizni tanlasangiz, munosabatlaringizni saqlab qolish uchun ayrim xatolariga ko‘z yumishingizga to‘g‘ri keladi. Albatta, katta xatolar bundan mustasno. Shuning uchun bu borada juda e’tiborli bo‘ling.
Iroda Asilbekova tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar