“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:49
ЎЗO‘Z

Kambag‘allik odamni nodonlashtiradi

13 dek, 22:38 14 469 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kambag‘allik odamni nodonlashtiradi Yangi tadqiqot natijasiga ko‘ra, oylikdan oylikkacha yashash insonning aqliy salohiyatini pasaytirar ekan. To‘rt yil davomida olimlar ishsizlik va og‘ir moddiy qiyinchiliklar odamlarning aqliy qobiliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. Journal of Applied Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt iqtisodiy qiyin sharoitda yashash IQ darajasining sezilarli pasayishiga olib keladi.

Tajriba ishtirokchilarini kuzatish jarayonida olimlar og‘ir hayotiy vaziyat insonda bechoralik mentaliteti shakllanishiga olib kelishini aniqlashdi. Kun ko‘rish uchun doim vosita izlash ijodiy va tahliliy qobiliyatlarni o‘tmaslashtiradi, shuningdek, ko‘p bema’ni va xato qarorlar qabul qilishga olib keladi.

“Kambag‘allik insonda IQ darajasining 13-14 ta punktni tortib oladi. Keskin uyqu etishmovchiligi va alkogolizm holatlarida ham shunga o‘xshash ta’sir kuzatiladi. Bechorahol odamning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Eng oddiy extiyojlarni qondirish uchun kundan-kunga ko‘proq kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Siz doimiy stressda yashaysiz, e’tiborsiz va jizzaki bo‘lib borasiz. Bu miya ishlashi uchun yaxshi sharoit emas”, – deydi tadqiqotda qatnashgan prinstonlik psixolog Eldor Sharif.

Qashshoqlik odamni kaltafahmlashtiradi, demak uning qiyin vaziyatdan qutulish imkoniyatlari yanada qisqaradi. Insonga esa bu tuban doirada umrbod qolib ketish xavf soladi.

Nochor odamga qanday ko‘mak berish mumkin? Ba’zi moliyachilar shartsiz daromad usulini qo‘llash orqali vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin deb hisoblashadi. Qator mamlakatlar, xususan, Kanada, Finlyandiyada shartsiz daromad usulini tatbiq etish yo‘lga qo‘yish boshlangan.

Manba: Ayol.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 104
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 91
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 127
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar