“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to‘xtamaydi...»

10 dek, 12:50 11 856 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to‘xtamaydi...» — Bundan o‘n etti yil avval sevishib, sinashib oila qurganmiz. Uch nafar farzandimiz bor. Erim avtomoshanasida vodiydan poytaxtga qatnab tirikchilik qiladi. Topish-tutishi yaxshi, balki shu narsa ham tinimsiz xiyonatlariga sabab bo‘lar... Uyga kelganida ham qo‘lidan telefoni tushmaydi. Nuqul qandaydir ayollar bilan gaplashgani-gaplashgan. Hatto bir necha marta ularga erimni tinch qo‘yishini aytib ham ko‘rdim. Bari befoyda. Boshqa haydovchilar ikki-uch marta borib qaytganida ham erim mijoz yo‘qligini bahona qilib, poytaxtda yuraveradi. «Axir siz bilan ketgan sheriklaringiz ikki marta borib kelishdi-ku», desam, «Sen aralashma, o‘zim bilaman», deydi. Mashinasiga o‘tirgan ayollarnining boshini aylantirib, uch-to‘rt oy ko‘ngilxushlik qiladi. Zerikkach, ikki haftacha tinch yuradi, keyin yana eski «qilig‘i»ini davom ettiraveradi. Nima qilishni ham bilmay qoldim. Ajrashman desam, «Seni sevaman, sensiz yashay olmayman», degan gaplarni eshitaman. Bu ahvolda yashashni ham istamayman. Kasbini o‘zgartirishga ko‘nmaydi. Chunki boshqa ish qo‘lidan kelmaydi, viloyatimizning o‘zida kirakashlik qilishga ham ko‘nmaydi. Bunday yashash jonimga tegdi. Erimni bu yo‘ldan qaytarishni xohlayman.

Ismi sir tutildi.

Qaynonajon: — Uch farzandning ota-onasi bo‘lib ham bir-birini tushunolmaslik og‘ir. Erkak ko‘chaning odami, deyishadi. Bu gap rost. Biroq biz buni tan olgimiz kelmaydi. Kim bilan gaplashadi, mashinasiga kimlarni o‘tkazadi, qaerlarga olib boradi… Ohho, bu so‘roq-savollarning adog‘i yo‘q. Bu bilan sizni ayblamoqchi emasmiz. Tirikchilik ilinjida erkaklarimiz ne ko‘chalarga kirishmaydi, deysiz. Ammo meni hayratga soladigan bir fikr bildirgansiz, u kishining mashinasiga o‘tirgan barcha ayollar ahloqsizmikan? Nahotki? Ko‘pchilikni bu toifaga kiritib xato qilmayapsizmi? Yo‘lda yurganning ham o‘z tashvishi, yumushlari bor, axir. Bu achchiq so‘zlarni ko‘ngilga olmang-u, ona qizim, tafakkur qilib ko‘ring. Zero, haqiqat achchiq bo‘ladi. Mijozlarini yo‘qotmaslik uchun telefon almashib, hol-ahvol so‘rab tursa kerak. Bozor sharoitida ko‘chada rizq topish oson ekanmi? Siz u kishidan mehringizni ayamang. Behuda rashk erkakni uydan bezdiradi. Mabodo shunday harakatlari bor bo‘lsa ham, bilmaganga oling, o‘zlari vijdoni qiynalib, xijolat bo‘lishlari tabiiy. Bolalarni bag‘ringizga bosib, oilangiz — umrlik qo‘rg‘oningizni mustahkam saqlang. Sizga tinchlik-totuvlik, ayollik va onalik baxtini tilab qolamiz.

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: — Turmush o‘rtog‘ingizda ruhiy muammolar bor. Palapartish hayot kechirayotganidan g‘ayrishuuriy tarzda nimanidir izlayapti degan xulosaga kelish mumkin. Aynan nimaligini uni ko‘rmay turib aytish qiyin. Buni xuddi alkogol, tamaki yoki narkotik vositalarga bo‘lgani singari qaramlik deb qabul qilish lozim. Shuningdek, er-xotin munosabatlarida ham muammo mavjuddek. Agar eringizdan bu ishlarga chek qo‘yishini talab qilsangiz, uni nazoratga olib, har bir ayol mijozi bilan janjallashib chiqsangiz, vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Turmush o‘rtog‘ingizga ruhan yaqinlashishni maslahat beraman. Buning uchun o‘zingizni kuzatib, doim qiladigan xatolaringizni, uni asabiylashtiradigan so‘zlar va hatti-harakatlaringizni takrorlamaslikka intilishingiz lozim. Shuningdek, turmush o‘rtog‘ingizning xiyonati sizda qanday tuyg‘ularni uyg‘otayapti? G‘azabmi, xo‘rlikmi, achchiqlanishmi, shuni aniqlang. Toki bu tuyg‘ulardan xalos bo‘lmas ekansiz oldinga siljishingiz dargumon. Ammo bari birgina urinishda iziga tushib ketishiga umid qilish noto‘g‘ri. Har qanday munosabatlar ham muntazam mehnatni talab qiladi.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 119
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 288
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 146
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 331
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 224
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 287
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar