“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:40
ЎЗO‘Z

Yurak uchun qanday mahsulotlar foydali?

07 dek, 22:13 24 390 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak uchun qanday mahsulotlar foydali? Sir emaski, iste’mol qilayotgan har bir taomimiz organizm, xususan, yurak uchun foydali va aksincha, zararli bo‘lishi mumkin. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, shifokor ko‘rigida, ko‘pincha, qanday mahsulotlarni nisbatan ko‘proq iste’mol qilishimiz so‘raladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki...

Olma

Har kuni hech bo‘lmaganda bitta olma iste’mol qilish yurak qon- tomir tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xastaliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Olma tarkibidagi kletchatka qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda asqotadi. Agar sizda yurak bilan bog‘liq xastaliklar bo‘lsa, olma pyuresi, sharbati va mevasini doimiy iste’mol qiling.

Yong‘oq

Yong‘oq tarkibida yarim to‘yingan yog‘lar mavjud bo‘lib, qondagi xolesterin miqdorini oshirmaydi. Bu yog‘lar tibbiyotda “foydali yog‘lar” nomi bilan atalib, yurakning “yog‘ bosishi”dan asraydi. Yurak faoliyati bilan bog‘liq muammolar va ularning oldini olishda kuniga 3-4 tadan yong‘oq iste’mol qilish kerak.

Ismaloq

Bu ko‘katni salatga qo‘shib iste’mol qilish yurak qon-tomirlarini quvvatlantirishga ko‘maklashadi. Ismaloq tarkibidagi V9 vitamini yurak uchun foydali bo‘lib, uni taomnomaga muntazam kiritish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Qovoq

Tarkibida beta-karotin, kaliy va S vitaminlarining ulkan zaxirasi borligi uchun yurak qon-tomirlarining erta aterosklerozidan himoya qiladi. Shuningdek, qovoq arterial qon bosimini kamaytirishga ham hissa qo‘shadi. Yurak bilan bog‘liq muammolarda qovoqning bug‘da yoki dimlab pishirilgani tavsiya etiladi.

Brokkol

Tarkibida bir necha foydali elementlardan tashqari ko‘p quvvat sarflaydiganlar uchun g‘oyat zarur bo‘lgan Q10 koenzimini jamlagan. Mazkur element organizmni kun davomida quvvat bilan ta’minlaydigan yurak uchun juda foydalidir. Brokkolni xomligicha, shuningdek, bug‘da tayyorlab, iste’mol qilish mumkin.

Anor

Qonning quyilishi muammosiga duch kelganlar anor mevasi yoki sharbatini iste’mol qilishlari lozim. Shu bilan birga anor sharbati yurak qon-tomir faoliyati uchun foydalidir.

Boshoqli va dukkakli o‘simliklar

Nonushta uchun yengil hazm bo‘luvchi manniy va suli yormasidan tayyorlangan sutli bo‘tqalar yurak ishemik xastaliklaridagi muolaja vaqtida parhezga kiritiladi.

Oq va qizil loviya, yasmiq doni (chechevisa) tarkibida yog‘ kislotalari kam bo‘lib, ular kaliy, kletchatka va oqsilga boyligi bilan yurak uchun kerakli ozuqa bo‘la oladi. Qo‘y go‘shti va go‘shtning boshqa yog‘li turlarini mazkur donlardan tayyorlangan taomlarga almashtirish mumkin.

Sarimsoqpiyoz

Qon tomirlaridagi tonusni kamaytirgani bois, yurak xastaliklarida eguliklar bilan birga tanovul qilish tavsiya etiladi. Sarimsoq piyozni xomligicha iste’mol qilishni yoqtirmasangiz, egulik va taomlarga qo‘shishingiz mumkin.

O‘rmon mevalari

Qorag‘at, malina kabi mevalardan tayyorlangan damlama va choylardagi kaliy moddasi organizmda yig‘ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam berib, tana a’zolari (qo‘l va oyoq)dagi shishlarni kamayishtirishga yordam beradi.

Uzum

Qon tomirlari devorini mustahkamlashga ko‘mak beradi va kamqonlik hamda qon ivishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi. Yurak uchun foydali bo‘lishini istasangiz, uzumning qora va qizg‘ish turlarini iste’mol qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 223
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 332
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 372
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar