“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:02
ЎЗO‘Z

Boy bo‘lishning 7 siri

01 dek, 10:13 7 090 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boy bo‘lishning 7 siri Tez va osongina boyib ketishni kim ham istamaydi deysiz. Pulga baxtni sotib olish mumkin emasdir, lekin ro‘zg‘ori to‘kis, farzandlari va yaqinlari hech bir narsaga muhtoj bo‘lmay yashayotgan insonlar o‘zini baxtsiz sanamasligi aniq. Shu sababdan badavlat bo‘lishga yordam beradigan ayrim tavsiyalar bilan bo‘lishmoqchimiz!

1. Omadga ishoning! Fikrlar moddiylashuvi bor gap, «Men baxtliman, hech kimdan kam joyim yo‘q. hech bir narsaga muhtoj emasman» deb o‘ylashni kanda qilmang. Negaki, bir kun kelib, ular, albatta, haqiqatga aylanadi.

2. Ehtiyojlaringizni qondirishdan ortib qolgan pulni biror bir foyda keltiradigan jabhaga yo‘naltiring. Masalan, biror bir ko‘chmas mulk sotib oling. Undan to‘g‘ri va unumli foydalanish natijasida qo‘shimcha mablag‘ topishingiz, shubhasiz.

3. Barcha banklarda turli foizli omonat kassalari mavjud bo‘lib, ulardan o‘zingizga ma’qulini tanlab, oz miqdorda bo‘lsa-da pul qo‘ying. Oyma-oy pulingiz miqdorining ko‘payib borishi sizni quvontiradi.

4. Iqtisod qilish ham bir san’at! Xarid qilishingiz kerakmi, qo‘lingizda, albatta, faqatgina zarur mahsulotlar ro‘yxati bo‘lsin. Keraksiz, uyning bir burchagida chang bosib yotadigan buyumlarni sotib olishdan tiyiling. Unga sarflangan mablag‘ni boshqa bir foydali tomonga yo‘naltirish mumkin.

5. Ishingizni sidqidildan bajaring. Mehnatkash xodim hammaga kerak. Bu xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish bilan birga oylik maoshingizning oshishiga xizmat qiladi. Ko‘nglingizga yaqin bo‘lmagan ishda faoliyat yuritib, katta maosh olsangiz ham, bu pullar sizni quvontira olmasligi mumkin.

6. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanib ko‘ring. To‘g‘ri, bu qiyin ish, lekin uni uddalay olasiz. Buning uchun biroz bilim va boshqarish qobiliyati zarur bo‘ladi. Tajribasi bor va ishonchli insonlardan maslahat olish zarar qilmaydi.

7. Turli qing‘ir va noqonuniy yo‘llar bilan pul topishga qiziqa ko‘rmang! Bunday ishlarning oxiri voy bo‘ladi. Lotoreya o‘yinlari ham har doim kutilgan natijani beravermaydi, shuni ham unutmang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 100
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 270
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 133
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 314
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 274
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar