“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:15
ЎЗO‘Z

Munajjimlar bashorati: rashk qilasiz-mi, qizg‘onasiz-mi?

28 noya, 10:38 22 253 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Munajjimlar bashorati: rashk qilasiz-mi, qizg‘onasiz-mi? Qaysi burj vakillari rashk bobida qanday ekanliklari haqida andalus astrologlari quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishmoqda.

QO‘Y

Bu burj vakillarini rashkini qo‘zg‘ash uchun jiddiy sabab kerak. Ular bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilavermaydilar. Biroq ular bilan bu borada hazillasha ko‘rmang, bu yaxshilikka olib kelmaydi. Agar u nimadandir shubhalansa, tamom, uning ishonchini qayta qozonishning iloji yo‘q.

BUZOQ

Buzoq burji erkaklari o‘ta qizg‘anchiq, shu sababli rafiqalarini ham hammadan qizg‘onadilar. Yoshning ahamiyati yo‘q, xar qanday erkak kishi buzoq burjiga oid go‘zallardan uzoqroq yurishi kerak. Ularga tegishli bo‘lgan narsa faqat ularniki bo‘lishi lozim.

EGIZAKLAR

Egizaklar juda ham rashkchi emas. Biroz xiyonat ko‘chasiga mo‘ralab ham turadilar. Ularni doim nazorat qilib turish kerak. Nazoratdan chetda qolsalar, darrov begona ko‘chalarga kirib qolishlari mumkin. Bunday vaqtlarda “Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar”, deganlaridek sizni rashk qilishga tushadi.

QISQIChBAQA

Bu burj vakillari yillar o‘tgan sayin yanayam o‘z rafiqalariga sodiq va mehribon bo‘lib boraveradilar. Aniqrog‘i, ular nikohdan so‘ng faqat va faqat oilalari uchun yashaydilar. Shu sabab xiyonat ularni rosmana o‘ldirishi mumkin. Ular asossiz rashk qilmaydi. Rashk qilgudek bo‘lsa, uni tinchlantirish qiyin.

ARSLON

Arslon erlar atrofida doim girdikapalak bo‘lish kerak. Aks holda, ular sizning muhabbatingiz chinligiga shubha qila boshlaydi. Rashklari kuchli. Rafiqalarining go‘zalligiyu shirin kalomlari faqatgina ularga qaratilgan bo‘lishi kerak.

PARIZOD

Bu burj vakillari yolg‘onni umuman hazm qila olmaydi. Shuning uchun ular bilan muomalada ehtiyot bo‘ling, bir bora yolg‘on gapirib, so‘ng doimiy rashk borasidagi janjallar qurshovida qolib ketishingiz hech gap emas. U hatto sizni tark etishdan ham toymaydi.

TAROZI

Tarozilar rashk qiladi-yu, biroq buni har doim ham bildiravermaydi. U rafiqasiga ishonadi, lekin unga birov ola boqishidan xavotirlanib, ich-etini tirnayveradi. U muhabbatining chinligi va sodiqligiga ishongani bilan o‘zgalarning g‘alamisligidan qo‘rqib yashaydi.

ChAYoN

Chayonlar rashk borasida Otelloni yo‘lda qoldiradilar. Shuning uchun ularning rashkini qo‘zg‘ashdan ehtiyot bo‘ling. U rashkka sabab topdimi, hech qanday tushuntirishlar bilan uni yupatib bo‘lmaydi. Uning rashki ayanchli yakun topishi mumkin. Shunga ko‘ra, uning o‘zi ham xiyonat ko‘chasiga kirmaydi va rafiqasiga o‘la-o‘lguncha sodiq bo‘ladi.

O‘QOTAR

O‘qotarlar rashk qilishga bahona topishlari oson, ular bu borada ijodkorlar. Ular har qanday vaziyatdan rashkka sabab topib, bu haqda oson unutadilar.
TOG‘ EChKISI

Bu burj vakillari o‘ta rashkchi va shu o‘rinda mulohazakordirlar. Ular rafiqalarini salga qizg‘onadilar-u, biroq buni janjalga aylantirishga shoshilmaydilar. Har bir bahonalarni to‘plab turib, keyin bir katta dramatik sahna qo‘yishlari mumkin.

QOVG‘A

Qovg‘alar o‘zlarini qattiq yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun ular rafiqalarini ham rashk qiladilar va o‘z o‘rnida ularni ham qattiq sevib, telbalarcha qizg‘onishlarini xohlaydilar. Ular o‘zlari bevafo bo‘lishlari mumkin, biroq o‘zgalar vafosizligini kechirmaydilar.

BALIQ

Bu burj vakillari rafiqalaridan doim vafodorlikni namoyon etuvchi dalillarni izlaydilar. Ular muhabbatlarini yo‘qotishdan qo‘rqishadi. Ularga muhabbat izhor qilib turmasangiz, sizdan shubhalana boshlaydi. Rashkka o‘rin topilsa, hammasi tamom deyavering. Unga uzoq vafodorligingizni isbot qilishingizga to‘g‘ri keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 100
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 270
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 133
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 314
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 274
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar