“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:52
ЎЗO‘Z

Ko‘zlar siz haqingizda nelarni so‘zlar?

26 noya, 19:32 25 134 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘zlar siz haqingizda nelarni so‘zlar? Ko‘zlar — qalb oynasi. Ko‘zlarda insonning kechinmalari, o‘tmishi va hatto fazilatlari ham zohirdir. Fiziognomika fani inson yuzidagi belgilariga qarab, uning xarakterini o‘rganuvchi fandir. Sizni ushbu fanning ko‘z borasidagi tadqiqotlar xulosasi bilan tanishtiramiz.

Shahlo ko‘zlar

Ko‘zlari katta-katta kishilar ko‘pincha boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, shahlo ko‘zlilar ochiq tabiatli, kirishuvchan va samimiy, serhissiyot shaxslardir. Ular tez jahl otiga minib, yana shunday tezlik bilan bu ko‘ngilsizlik haqida unutadilar. Ular orasida mehribon va botirlar ham ko‘p uchraydi.

Kichik ko‘zlar

Kichkina ko‘zli odamlarni fiziognomika tadqiqotchilari ayyor xarakterli deb hisoblaydilar. Ular uddaburon va chaqqon shaxslardir. Kichik ko‘zli biznes hamkorlar ishning ko‘zini biladi va har qanday vaziyatda o‘z foydasiga ishni hal qila oladilar. Shuningdek, ular odatda, o‘ta tajang bo‘ladilar.

G‘amgin ko‘zlar

Ko‘zlari g‘amgin kishilar haqiqatdan ham, melonxolik bo‘ladilar. Ular har qanday ishni obdon rejalashtirib oladilar, agar reja amalga oshmasa, tushkunlikka tushib qolishlari ham hech gap emas. Ular o‘zgarish va yangiliklarni unchalik xushlamaydigan shaxslardir.

Mushuk ko‘zlar

Mushuk ko‘zli odamlar o‘ta ayyor bo‘ladilar va o‘z maqsadlari yo‘lida og‘ishmay boradilar. Ular raqib sifatida o‘ta xavfli. Ular o‘ta sezgir va doim qarama-qarshi jins vakillarida qiziqish uyg‘otadilar.

Bo‘rtib chiqqan ko‘zlar

Bunday ko‘z sohib va sohibalari o‘ta qiziquvchan shaxslardir. Ularning qiziquvchanligi salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi kishining o‘ziga bog‘liq. Shu sababli, ular orasida g‘iybat va birovlarning hayotiga qiziquvchilar ko‘proq uchraydi. Ular doim xabarlar borasida barchadan oldinda yuradilar.

Chuqur joylashgan ko‘zlar

Bunday ko‘z sohiblari tez xafa bo‘ladigan, o‘z dunyolariga ko‘milib yashovchi shaxslardir. Ko‘pincha ular orasida ijodkorlar uchrab turadi. Ular tashqi olamdan qochib, o‘z hissiyotlarini sir tutishga intiladilar.

Ranglar nima deydi?

Ko‘zlar rangining inson temperamentiga bog‘liq ekanligi psixolog va kriminalistlar tomonidan tasdiqlangan. Shunday ekan, ta’riflar bilan tanishing.

Qora ko‘zlar

Qora ko‘zlar egasining g‘ayratli va sabrli ekanligini anglatadi. Shuningdek, ular ko‘nikuvchan hamdirlar.

Jigarrang ko‘zlar

Ko‘zlari jigarrang shaxslar hokimlik qilishga moyil bo‘ladilar, biroq ular ozgina dangasaroq, shuning uchun ham, ko‘pgina orzulari armon bo‘lib qolib ketishi tabiiy. Ular bayram va tantanalarni xush ko‘radilar.

Kulrang ko‘zlar

Kulrang ko‘zli shaxslar o‘ta mehnatsevar, maqsad sari olg‘a intiluvchandirlar. Ular sokin va mulohazakor bo‘ladilar. Ko‘pincha katta yutuqlarga ham erishadilar.

Ko‘k ko‘zlar

Ko‘k ko‘zlilar romantik va pragmatik bo‘ladilar. Ular shamol kabi beqaror bo‘lib, ko‘pincha muhabbat borasida bevafodirlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 92
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 257
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 130
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 307
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 209
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 270
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar