“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:43
ЎЗO‘Z

Ortiqcha vaznning qaytishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi

26 noya, 16:52 14 478 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqcha vaznning qaytishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi Veysman institutining (Isroil) Eran Elinav boshchiligidagi olimlari ichakdagi bakteriyalar (mikrobiotlar) ozishdan keyin ortiqcha vaznning qaytishiga sabab bo‘lishi mumkin ekanligini aniqlashdi. Tadqiqotchilar o‘z xulosalarini Nature jurnalida chop etilgan maqolada bayon qilishdi.

Mutaxassislar tajribada sichqonlardan foydalanishdi, ular sichqonlarni dastlab tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgan ozuqa bilan boqishdi, buning natijasida ularning vazni oshdi. Shundan so‘ng sichqonlarni vazn tashlashga yo‘naltirilgan oddiy parhezga o‘tkazishdi – sikl takrorlandi. Tadqiqot davomida olimlar mikrobiomadagi genomlar – kemiruvchilar ichaklaridagi mikroorganizmlar genomlarini kuzatishdi, deya xabar qildi Kun.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan parhez natijasida yig‘ilgan ortiqcha vazn tashlanganidan keyin sichqonlar tezkorlik bilan qayta vazn yig‘ishga moyil bo‘lishar ekan. Har bir sikl o‘tgan sayin semizlik darajasi murakkablashib borgan.

Olimlar qayta vazn to‘plashning ichak mikrobiotasi bilan aloqasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Vazn tashlagan kemiruvchilarning fekal massasini me’yoriy oziqlangan boshqa sichqonlar ichaklariga ko‘chirib o‘tkazilganda, ularda ham semizlikka moyillik paydo bo‘lgan.

Olimlarning fikricha, tadqiqot natijalari odamlarning vaznni qayta tiklash mexanizmini aniqlashga yordam beradi. Biroq qaytalanuvchi semizlikni davolovchi samarali preparatlarni yaratish uchun tadqiqotlarni davom ettirish zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar