“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

Yo‘l harakati borasidagi 7 irim

25 noya, 21:43 7 625 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘l harakati borasidagi 7 irim Kimgadir irimlar kulgili tuyulsa, kimdir ularga qat’iy amal qiladi. Bugun ruldagi xonimlarning qanday irimlarga rioya etishi haqida so‘z ochamiz. Albatta, ularning hammasi ham quyida keltirilgan irimlarning barchasiga ishonavermaydi. Kimlardir qaysidir irimni hali umuman eshitmagan hamdir balki. Nima bo‘lganda ham quyidagilar ruldagi xonimlardan eshitganlarimiz va ularning aynan ularning tilidan keltiramiz, deyiladi Darakchi nashrida.

1. — Avtomobil salonida «shu mashinamni sotishim kerak», demaslik kerak. G‘ildiraklarni tepish, xatto haqoratlash ham mumkin emas. Chunki mashinangiz bunday muomalangizdan xafa bo‘ladi, keyin ancha vaqt qaeri buzilganini tushunolmay yurasiz.

Kamola, talaba

2. — Minilgan mashina xarid qilayotgan bo‘lsangiz, egasiga ham e’tibor bering. U o‘ziga to‘q odam bo‘lsa, «omadi menga ham o‘tsin» deb niyat qilish kerak. Lekin yangisini sotib olayotib, qancha haydab, qachon sotishingizni xayol qilmang.

Gulnoza, tadbirkor

3. — Mashinamni sotib olganimda yukxonasiga domkrat, dori qutisi va ba’zi zarur anjomlarni joyladim-da, irim qilib «bu sizning joyingiz, shu erdan hech qaerga chiqmang», deganman. Bu bilan kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz xodisalarning oldi olinar ekan.

Dildora, uy bekasi

4. — Avtomobilingizning old oynasiga qushlarning axlati tushgan bo‘lsa, bu pulingiz ko‘payishidan darak. Biroq oynadagi bu «boylik»ni darhol artib olish kerak, yo‘qsa, pullaringiz tez sarflanib, barakasi bo‘lmaydi.

Sabohat, tadbirkor

5. — Men mashinamga muloyim nom qo‘yib olganman, lekin nomini hech kimga aytmaslik kerak. Mabodo yoqilg‘ingiz tugab borayotganiga ko‘zingiz tushsa, ana shu nom bilan atab, erkalasangiz, benzin quyish shaxobchasigacha eson-omon etib olasiz.

Sevara, tikuvchi

6. — Negaligini bilmadim-u, doim mashinamni yuvdirishim bilan yomg‘ir yog‘adi. Shuning uchun yomg‘ir yog‘ishini xohlasam, mashinam toza bo‘lsa ham yuvdirishga boraman.

Gulnoza, bank xodimi

7. — Har kuni uydan chiqishim bilan ko‘chamiz boshidagi svetaforga e’tibor beraman. Agar uning yashil chirog‘i yonib turgan bo‘lsa, «bugun ishlarim zo‘r bo‘ladi!» deb xursand bo‘laman. Qizil chiroq yoniq bo‘lsa, o‘sha kuni ehtiyotkor bo‘lib yuraman. Sariq chiroqqa ko‘zim tushsa, beixtiyor xayolimdan «kunim o‘rtamiyona o‘tarkan» degan fikr o‘tadi.

Shirin, dizayner

Aytishlaricha, irimlar qachonki ularga ishonsanggina amalga oshar ekan. Eng asosiysi esa avtomobil ruliga faqat yaxshi niyat va mustahkam ishonch bilan o‘tirish. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

DILDORA tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 124
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 296
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar