“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:29
ЎЗO‘Z

Bir uydagi qondosh to‘rt begonalar

24 noya, 09:35 12 368 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir uydagi qondosh to‘rt begonalar Internet va ijtimoiy tarmoqlar oilamni buzayotganini his qilayapman. Yoshim 40 da, ayolim 36 da, o‘g‘lim 13, qizimiz esa o‘n yoshga kirdi. Men ularni yo‘qotayotganimni sezyapman. Gapimni so‘zma-so‘z tushunmang: hozircha hech kim ajrashayotgani yo‘q, bolalarim menga ota sifatida biron e’tiroz bildirishmayapti, lekin ular bilan muloqotlarimiz tobora kamayib bormoqda.

Bunga mening kamgapligim yoki futbolni haddan ziyod sevishim emas, balki aynan ijtimoiy tarmoqlar sababchi, deb bilaman. Otam doim: «Oiladagi muammolar oila a’zolarining o‘zaro gaplashmay qo‘yganidan kelib chiqadi», derdilar. Mening oilamda aynan shu holat yuzaga kelgan. Ishdan sakkizdan keyin kelaman. Biz kamdan-kam hollarda bir dasturxon atrofida yig‘ilib o‘tiramiz. Har kim o‘zi xohlagan paytda tik oyoqda tamaddi qilib ketaveradi. Xotinim maktabda ishlaydi, u darsga tayyorlanishi kerakligini aytib, bo‘sh qoldi deguncha «Odnoklassniki»ga kiradi. U mendan ko‘ra ko‘proq hozir xorijda yashayotgan sinfdosh dugonasi bilan suhbatlashib o‘tirishni ma’qul ko‘radi. Ular «Skype»da gaplashishadi. Bir kursdoshi esa Angliyada yashaydi. Xotinimga ular bilan muloqot qilish ko‘proq yoqadi. Ularni o‘chirib-yoqish mumkin, ular bir qarashda jonli, ayni damda virtual.

O‘g‘lim ham xuddi shunday – o‘yinlardan, turli chatlar, jumladan, «Facebook», «VKontakte»dan chiqmaydi. U bilan gaplashishga harakat qilsam, darrov sergak tortib, matematikadan «uch» olgani yoki dars qoldirgani uchun tanbeh bermoqchi, deb o‘ylaydi. Fikrimcha, uni statusidagi yozuv va internetdagi do‘stlari bilan muloqotdan boshqa hech nima qiziqtirmaydi. Men esa gaplashish mumkin bo‘lgan odamlar ro‘yxatidan o‘chirilganman, axir men «VKontakte»da bo‘lmasam…

Qizim ham «WhatsApp», «Vichat»da dugonalari bilan gaplashgani-gaplashgan. Shu yoshda buncha berilib nima haqda gaplashish mumkin, tushunolmayman.

13 yasharligimda do‘stlarim bilan uzzu-kun ko‘chadan beri kelmay, to‘p tepardik. Kattaroq bo‘lganimdan keyin esa qizlar bilan qiziqib, kino-teatrlarga borardik, ularga muhabbat maktublarini bitardik. Hozirgi bolalar esa kun bo‘yi uyda o‘tirishadi, hech qaerga qochib ketishmaydi. Bir qarashda, ularni nazorat qilish osondek, lekin aslida unday emas. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar oila atalmish muqaddas dargoh an’analariga putur etkazadi. Men uyda televizor ko‘raman, xotinim noutbuki bilan yotoqxonada, o‘g‘lim o‘z uyida kompyuterdan turmaydi, qizim esa telefon «jinnisi». Agar men uydagilarga birgalikda biron erga borishni aytsam, har biri bahona topadi. Bora-bora men uyga kech keladigan bo‘ldim. Uyda hech kim sen bilan qiziqmasa, u erga borishdan nima naf? Balki shuning uchundir, ayolimga xiyonat qilishgacha bordim. Chunki menga insoniy muloqot kerak, gaplashishni xohlayman. Ba’zida xayolimga shunday fikr keladi, bordiyu xotinimga: «Men seni tashlab ketyapman. Boshqasini sevib qoldim», desam, u qayrilib ham qaramasdan: «Bo‘pti, kechqurunroq gaplashamiz», desa kerak.

Virtual do‘stlar, virtual hayot bugungi kunda haqiqiy oila, haqiqiy do‘stlardan muhim bo‘lib borayotgani juda tashvishli holdir.

Manba: diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 278
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 189
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 250
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar