“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:34
ЎЗO‘Z

Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli

13 okt, 14:29 14 271 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli To‘yib uxlamaslik — zamonaviy insonning asosiy muammolaridan biri. Jadal hayot tarzi sabab kech uyquga yotib, erta uyg‘onamiz. Yoshlikda buning uddasidan qiyinchiliksiz chiqish mumkindir, biroq yosh o‘tgani sayin muntazam to‘yib uxlamaslik asab tizimidagi muammolarga sabab bo‘ladi. Ish haddan tashqari ko‘pligi sabab, 8 soat uxlashning hech imkoni bo‘lmasa, nima qilish kerak?

Boshidan boshlaymiz — uyqu sifati nimaga bog‘liq?

Vaqtning har bir soniyasida inson organizmida ma’lum bir jarayonlar yuz beradi va ular Quyosh harakati fazalari bilan bog‘liq. Bu tizim juda katta aniqlikda ishlaydi. Baxtga qarshi, Quyosh va vaqtning bu faoliyatini hech qanaqasiga o‘zgartira olmaymiz, chunki insonning kun tartibi qat’iy belgilangan.

Yarim tunda Quyosh o‘zining eng quyi nuqtasida bo‘ladi va bu vaqtda biz maksimal darajadagi hordiq holatida bo‘lishimiz zarur. Shu sababli ham 21:00 dan 3:00 gacha bo‘lgan vaqt — uyqu uchun eng yaxshisidir. Xohlasangiz, 22:00 dan 4:00 gacha, 20:00 dan 2:00 gacha ham uxlashingiz mumkin.

Erta uyquga yotishning kuchi nimada? Bosh va miya odatda 21:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan oraliqda faol dam oladi. Muntazam ravishda 23:00 dan keyin uxlashga yotadigan odamlarda intellektual faollik borgan sari susayib boradi, lekin bu darhol yuz bermaydi. Agar siz har kuni tungi soat 12:00 dan keyin uxlashga yotsangiz, qancha uxlab turganingizdan qat’iy nazar, charchoq, bosh aylanishi va doimiy boshog‘riqlar sizni bezovta qiladi.

22:00 dan keyin uxlashga yotish ham ruhiy, ham jismoniy salomatlik uchun zararlidir. Siz barcha ishlarni tongga qoldirib, vaqtliroq uxlashga yotishingiz darkor. Boshida oson bo‘lmaydi, biroq 20 kuncha shu tartibni saqlay olsangiz (tadqiqotlarga ko‘ra, kishidagi biror-bir odat aynan 20 kun ichida shakllanadi), tanangiz, shubhasiz, Sizdan minnatdor bo‘ladi!

Manba: Daryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar