“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:00
ЎЗO‘Z

Hushyorlikka chorlovchi bir fitna: qaynotani “ota” yoki “dadajon” deb chaqirganlarga Allohning la’nati bo‘ladimi?

26 sen, 12:55 15 824 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hushyorlikka chorlovchi bir fitna: qaynotani “ota” yoki “dadajon” deb chaqirganlarga Allohning la’nati bo‘ladimi? Savollar.islom.uz savol-javoblar saytidagi bir murojaat diqqatimizni tortdi. Unda portal foydalanuvchilaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmatiga olsin) hazratlariga quyidagi savolni yo‘llagan:

“Assalomu alaykum shayx hazratlari. Ushbu hadislarni tushuntirib bersangiz:
“Bir kishi u otasi emasligini bilib turib chaqirsa, u bizdan emas, u do‘zaxdan o‘ziga joy tayyorlasin”.
Buxoriy,Muslim rivoyati.

“Otasidan boshqani ota deb chaqirsa, unga Allohning la’nati bo‘lsin va farishtalarning va hamma insonlarning, undan qiyomat kunigacha nafli ham, farzi ham qabul bo‘lmaydi”.

Bu hadisga asosan ayrim odamlar qaynotani ham “ota” deb bo‘lmaydi, deb fatvo chiqarishibdi. Bu fatvo to‘g‘rimi?”

Jamiyat ichra keng tarqalgan, shu bilan birga, urf-odatlarning ajralmas qismiga aylangan, O‘zbekistonning barcha hududlarida uchraydigan bu holatga shayx

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan quyidagicha javob qaytarilgan:

“Siz ushbu savolingiz ila jamiyatimizdagi o‘zi ko‘pchilikka sezilmas, ammo o‘ta dahshatli muammoni ko‘targansiz. Buning uchun alohida tashakkur.

Endi mazkur muammo haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Bu muammo diniy ilmlardan, arab tilidan bexabar odamlarning kitob yozishi, tarjima qilish va shunga o‘xshash ishlaridan iboratdir. Ba’zi bir hadislarning tarjimasi tufayli harom narsa halolga aylanib qolgani ham achchiq haqiqat. Misol uchun, “Sahih Buxoriy”ning tarjimasida kaltakesak halol degan tarzda hadis tarjima qilingan. Tarjimon “Zobb” degan hayvonni kaltakesak deb o‘ylagan va shunday tarjima qilgan. Zobb halol, ammo kaltakesak haromligi sal diniy ilmi bor odam uchun sir emas.
Bunga o‘xshash holatlar boshqa tarjimalarda ham ko‘p uchrab turadi.

Agar tarjima to‘g‘ri bo‘lsa ham, quruq tarjimaning o‘zi odamlarning boshini aylantiradi, turli chalkashliklarga olib boradi va ixtiloflar hamda urush-janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Buni barcha ulamolar qayta-qayta ta’kidlaganlar va ta’kidlamoqdalar.

Siz ko‘targan masalaga kelsak, aftidan hadis matnini tarjimadan ko‘chirganga o‘xshaysiz. Qaysi imomlar rivoyati ekanini yozganingiz ham shunga dalolat. Haqiqatda, mazkur ikki ulug‘ imom shu ma’nodagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilishgan. Ammo tarjima ma’noni qo‘pol tarzda buzgan.

Imom Buxoriyning rivoyatida arabcha matn quyidagicha:

عَنْ سَعْدٍ - رضى الله عنه - قَالَ سَمِعْتُ النَّبِىَّ - صلى الله عليه وسلم - يَقُولُ « مَنِ ادَّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ ، وَهْوَ يَعْلَمُ أَنَّهُ غَيْرُ أَبِيهِ ، فَالْجَنَّةُ عَلَيْهِ حَرَامٌ » .

Uning to‘g‘ri tarjimasi “Kim otasidan boshqani otasi emasligini bilib turib, otam deb da’vo qilsa, jannat unga haromdir”, bo‘ladi.

Bu erda tarjimon “Idda’o” da’vo qilish so‘zini “da’o” chaqirish so‘ziga almashtirib qo‘ygan. Oqibatda kim otasidan boshqaga “ota” deb murjaat qilsa, jannat unga haromdir”, degan ma’no chiqqan. Ammo bu katta yoshdagi qariyalarga hurmat yuzasidan “otaxon” yoki “otajon” deb murojaat qilganga ham jannat harom bo‘ladi, degani emas.

Siz buni so‘rab yaxshi qilibsiz. Ammo so‘ramay fatvo berib ko‘pchilikni parishon qilganlar ham bor.

Bir kishi tashvishli holda qabulimga kirdi. Xatarli masala chiqib qoldi. Hozir viloyatda telefonda kutib turishibdi. Bir necha oila buzilib ketmoqda. Tezroq javob berishimiz kerak! Sizdan so‘rashni menga havola qilishdi, dedi. Bir otincha men falon, falon kitoblarda o‘qidim, deb arabcha kitoblarning nomini aytib, kim otasidan boshqaga ota deb murojaat qilsa, kofir bo‘ladi, debti. Qayinotasini ota deydigan kelinlar bor ekan shularning oilasi buzilish arafasiga kelib qolibdi.

Johillikning darajasini qarang! Chalasovodlikning kasofatini qarang. Ilmsiz fatvo berishning ofatini qarang! Shuning uchun ham, Nabiy alayhissalom “Fatvoga jur’atlirog‘ingiz, do‘zaxga jur’atlirog‘ingizdir” deganlarda!

Hammamiz yaxshi anglab etishimiz kerak bo‘lgan haqiqatlardan biri diniy ta’limni yaxshi o‘zlashtirib ustozlardan ruxsat olmagan kishilar, diniy kitob yozish, tarjima qilish, va’z qilish va fatvo berish ishlariga yaqin kelmasinlar.
Alloh barchamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!”

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 152
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 342
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 233
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar