“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:41
ЎЗO‘Z

Musulmonlarning dunyoni o‘zgartirgan 5 ixtirosi

19 sen, 11:33 24 961 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Musulmonlarning dunyoni o‘zgartirgan 5 ixtirosi Dunyoda ilm-fan taraqqiy etishiga musulmonlarning qo‘shgan xissasi beqiyos.

Ulardan 5 donasini ziyo sayti saralab chiqdi. Ushbu ma’lumotlarni Sizlarga ilindik.

1. Ommaviy kutubxonalar.
Islom dinining dastlabki davrlarida butun musulmon olamida masjidlar aqliy munozaralar bo‘lib turadigan joy vazifasini bajargan. Masjidlar faqatgina ibodat qilinadigan er bo‘lib qolmasdan, unda din, falsafa, ilm va fanga oid ko‘plab kitoblardan iborat kutubxona joy olgan edi. Bu kutubxonalar barcha uchun ochiq bo‘lgan.

2. Jarrohlik asboblari.
X asrning mashhur musulmon jarrohi, jarrohlik sohasining otasi sanalmish Qosim al-Zaxraviy bugungi kunda ham jarrohlik amaliyotlarida qo‘llanib kelinayotgan bir qancha anjomlarni ixtiro qildi. Bu asboblar qatorida skalpel (maxsus jarrohlik pichog‘i), jarrohlik qaychisi va ignasi bor edi. Bundan tashqari u tibbiyotda ketgut deb ataladigan o‘zi tanada so‘rilib ketadigan tikuv ipini ham kashf qilgan.

3. Algebra.
Algebra Islom dinining oltin davrida taraqqiy etdi. Uning vujudga kelishi bevosita buyuk mutafakkir, matematik olim Mahmud al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liqdir. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib uzunlik va kvadrat tenglamalarni echishning umumiy usuli deb algebrani alohida fan sifatida tasavvur qildi. U 800 yilda algebraik tenglamalarni tushunish borasida yangicha yo‘llar yoritib berilgan o‘z ilmiy asarini yozdi.

4. Optika.
XI asrda olim Ibn Xaysom inson ko‘zi qanday ko‘rishi borasidagi eski qarashlarni butkul o‘zgartirib yubordi. Bungacha ko‘z nurni qaytargani sababli inson buyumlarni ko‘ra oladi deb hisoblanar edi. Ibn Xaysom esa, aslida ko‘z boshqa buyum va yuzalar qaytargan nurni qabul qilishi to‘g‘risidagi haqiqatni isbotladi.

5. Qahva.
Qahva o‘simligi azaldan Efiopiyada tarqalgan bo‘lsa-da, XV asrda Yamanda efiopiyaliklar bilan savdo qilgan musulmon arablar bugungi kunda butun dunyoda qahva deb iste’mol qilinadigan ichimlik tayyorlashni o‘rgandilar. Ular qahva donini qovurib, so‘ng suvda qaynatar edilar. Sufiylar ham o‘z ibodatlarini bajarish, tunlari ham ibodatda tetiklikni saqlab turish uchun qahva ichimligini iste’mol qilardilar.

Manba: Diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 205
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 316
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 172
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 250
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar