“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 14:57
ЎЗO‘Z

Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi

16 sen, 23:46 11 377 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi Yaponiyaning Yokogama universiteti shifokorlari nikoh qurgan erkaklar oladigan ustunliklarni aytishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Myunxenda qand qasalligini o‘rganish bo‘yicha Evropa uyushmasining har yillik uchrashuvida taqdim qilindi. U haqda qisqacha The Daily Mail nashriga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.

Olimlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlardan ikki marta kamroq ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq kasalliklarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatdilar. Misol uchun, uylanganlarda qand kasalligi, yuqori bosim va semizlik bilan bog‘langan metabolik sindrom kamroq rivojlanadi.

Shifokorlar 270 dan ko‘proq odamni o‘rgandilar, ularning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qilgan. Barcha ishtirokchilarda ikki turdagi diabet qayd qilingan. Ulardan 180 nafari uylangan, 90 nafari esa bo‘ydoq.

Olimlar respondentlarning vazni indeksini aniqlab, ularda tirik to‘qimaning miqdorini o‘lchashdi. Natijalarning ko‘rsatishicha, uylangan erkaklar o‘rtacha bo‘ydoqlarga qaraganda ikki marotaba kamroq ortiqcha vazndan aziyat chekishadi.

Uylanganlarda tirik to‘qima miqdori o‘rtacha 18,9 kg ni, bo‘ydloqlarda esa 23,5 kg ni tashkil qilgan. Uylanganlar bo‘ydoqlarga nisbatan 58 foiz kamroq metabolik sindrom rivojlanishi xatariga ega bo‘lganlar.

Olimlarning ta’kidlashicha, ular tomonidan topilgan o‘zaro bog‘liqlik faqatgina erkaklarda namoyon bo‘ladi. Shifokorlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘lishining sababini uylanganlar rasionalroq ovqatlanishi va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishlarida ko‘rmoqdalar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 111
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 282
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 324
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 217
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 277
  • So'nggi yangiliklar
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 56
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 273
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 53
  • Bo‘limlar