“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:27
ЎЗO‘Z

Ruhiy test: “Men o‘zimni sevaman”

04 sen, 12:44 15 087 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ruhiy test: “Men o‘zimni sevaman” Inson avvalo o‘zini sevib yashashi kerak, deya uqtiradi ruhshunoslar. Ammo ko‘pchilik bu xudbinlik, deydi. Aslo! O‘zni sevish va xudbinlik o‘rtasida osmon bilan ercha farq bor. O‘zini yaxshi ko‘rgan inson o‘zi istagandek hayot kechiradi. Xudbin esa boshqalarni ham o‘z istaklariga bo‘ysundirishni xohlaydi. Bugungi testimiz sizning o‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz darajasini belgilashingizga yordam beradi.

1. O‘zingizni atrofdagilar bilan solishtirasizmi?
A. “Hech qachon” — 3 ball.
B. “Ba’zida” — 2 ball.
V. “Ha, atrofdagilar bilan qanchalik o‘xshashligimni bilib turishim kerak-ku” — 1 ball.
G. “Ayniqsa, nimanidir uddalay olmasam, o‘zimni boshqalar bilan qiyoslayman” – 0 ball.

2. Nafsoniyatingizga tegish...
A. “Qiyin” – 3 ball.
B) “Hammaning ham qo‘lidan kelmaydi, biroq uddalaganlar ham bor...” – 2 ball.
V. “Oson” – 1 ball.
G. “Juda oson” – 0 ball.

3. Atrofdagilarning sizni e’zozlashlari qanchalik ahamiyatli?
A. “To‘g‘risi, boshqalarning fikri bilan hisoblashib o‘tirmayman” – 3 ball.
B. “Ba’zida qadrimga etishlarini istab qolaman” – 2 ball.
V. “Deyarli har doim ularning mehrini his etib turishim lozim” – 1 ball.
G. “Juda ahamiyatli-da!” – 0 ball.

4. O‘zingizni chorasiz his etasizmi?
A. “Yo‘q, har bir masalaning echimi bo‘ladi” — 3 ball.
B. “Ba’zida noilojlikdan tushkunlikka tushib qolaman” – 2 ball.
V. “Chorasiz vaziyatda echim izlamaslik kerak, hammasini shunchaki vaqt hukmiga qo‘yib berish darkor” – 1 ball.
G. “To‘g‘risi, noilojlikdan doim iztirob chekaman” – 0 ball.

5. “Agar biror ish qo‘limdan kelmasligini bilsam...”
A. “Albatta, bajarib ko‘raman, balki eplarman” – 3 ball.
B. “Ba’zan harakat qilish uchun o‘zimda kuch topa olishim mumkin” – 2 ball.
V. “Boshlab nima ham qildim” – 1 ball.

6. Hamma ishni 110% ga bajarishga intilasizmi?
A. “Yo‘q, bilganimcha bajaraman” – 3 ball.
B. “Gohida o‘z oldimga shunday talablar qo‘yishim mumkin” – 1 ball
V. “Har doim shu maqsadda ish boshlayman” – 0 ball.

7. Doim ham boshqalarga qulay yo‘lni tanlaysizmi?
A. “Birinchi navbatda o‘zimga qulay bo‘lishini istayman” – 3 ball.
B. “Odatda o‘zimga yoqqan ish boshqalarga noqulaylik tug‘dirmasligiga harakat qilaman” – 2 ball.
V. “Ko‘pincha atrofdagilarga ma’qul yo‘lni tanlashga majbur bo‘laman” – 1 ball.
G. “Nima uchundir boshqalarning manfaatlarini o‘zimnikidan ustun qo‘yaman” – 0 ball.

8. Yo‘q deyishga qiynalasizmi?
A. “Yo‘q, qiynalmayman” – 3 ball.
B. “To‘g‘ri, rad etib bo‘lmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib turadi, ammo ko‘pincha istaklarimga qarab yo‘l tutaman” – 2 ball.
V. “Ha” – 1 ball.
G. “Juda ha, ko‘pincha shu sabab o‘z istaklarimdan voz kechaman” – 0 ball.

9. Omadingiz chopmasa, o‘zingizni aybdor his etasizmi?
A. “Yo‘q, bundan tushkunlikka tushmayman” – 3 ball.
B. “Barini taqdirga yo‘yib qo‘ya qolaman” – 2 ball.
V. “Ha, ko‘pincha o‘zimni ayblayman” – 1 ball.
G. “Hatto men xato qilmagan bo‘lsam-da, baribir aybdorlik hissidan xalos bo‘la olmayman” – 0 ball.

10. Oxirgi paytlarda kayfiyatingiz...
A. “Juda zo‘r!”– 3 ball.
B. “Yaxshi” – 2 ball.
V. “Bahor obi-havosidek” – 1 ball.
G. “Yomon, stressni boshdan kechirayapman” – 0 ball.

Natija
23-30 ball
Siz o‘zini yaxshi ko‘ruvchi kishilar safining oldidan o‘rin egallagansiz. Har qanday masalada o‘z fikringizni ayta olish va unga amal qilish siz uchun juda muhim. Ba’zida shu odatingiz sabab biroz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganda ham o‘zingizni sevishingiz xudbinlikka aylanib ketmasligi uchun o‘z ustingizda ishlang.

14-22 ball
Agar o‘zingizga tanqidiy nazar bilan boqishdan biroz tin olsangiz, yangidan-yangi qirralaringizni namoyon etish imkoniyatingiz ortadi. Demak, o‘zingizni tanqid qilishga sarflaydigan vaqtingizni yangiliklarni o‘rganishga safarbar eting, shunda ko‘proq yutuqqa erishasiz. O‘zingizga, imkoniyatlaringizga, iste’dodingizga ishoning!

0-13 ball
Siz nima uchundir o‘zingizni umuman yaxshi ko‘rmaysiz. Ha, doim boshqalarning fikrini, xohishlarini birinchi o‘ringa qo‘yasiz. Natijada omad ham sizdan yuz o‘giradi. Bugundan o‘z ustingizda ishlashni boshlang. Nima istaysiz bu hayotdan? Maqsadlarni aniqlashtirib, ular sari dadil qadam tashlang. Xudbin bo‘lib qolaman deb qo‘rqmang. Me’yorni unutmasangiz, hammasi joyida bo‘ladi. O‘zingizni sevib yashashni o‘rganing.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 148
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 113
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 289
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar