“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:33
ЎЗO‘Z

Erkaklar o‘qisin! Ayolni baxtli qilishning 15 usuli

31 avg, 16:04 21 500 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkaklar o‘qisin! Ayolni baxtli qilishning 15 usuli Ayolni baxtli qilish juda oson. Buning uchun ayol suyukli ekanligini doim his etib yashashi kerak. Ayol erkak e’tiborisiz so‘lib qoladi. Erining mehri, muhabbati, erkalashi ayolga suv kabi zarur. Agar siz ayolingizni quvonchli ko‘zlarini har kuni ko‘rishni istasangiz quyidagi maslahatlarni amalda bajo keltiring.

1. Muntazam ravishda ayolingizni sevishingiz haqida aytib turing. Albatta har kuni "Seni sevaman" deb qaytaraverish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Lekin ba’zan bo‘lsada "Seni sevaman", "Yaxshi ko‘raman", "Sensiz yashay olmayman", "Menga juda keraksan" kabi gaplaringiz xotiningizni juda baxtli qiladi;

2. E’tiboringizni ayamang. Ish vaqti xotiningizga telefon qilib qo‘yish, uyga kelayotganda arzimagan bir sovg‘acha bilan kelish (shirinlik, muzqaymoq, gul), oshxonada siz uchun ajoyib taomlar pishirib turganida oldiga borib o‘pib qo‘yish, arzimagan ishi uchun unga rahmat deyishni unutmasligingiz kerak;

3. Bolalarni parvarish qilishda, tarbiya qilishda doim xotiningizga yordamingizni ayamang;

4. Xotiningiz hurmatini qarindoshlar oldida joyiga qo‘ying. Hammani oldida uni erga urib keyin xoli bo‘lganingizda uni yonini olish ayolingizni ranjitadi. Undan ko‘ra hammani oldida uni yonini olib, keyin yagona qolganlaringizda uni xatosini tushuntirib boshqa unday qilmasligini talab qiling;

5. Uy-ro‘zg‘or but bo‘lishi o‘z zimmangizda bo‘lsin;

6. Xotiningizning moliyaviy ehtiyojini oilangiz byudjetidan kelib chiqqan holda qondiring;

7. Yilda ikki marta xotiningizni dam olishga olib boring. Iloji bo‘lsa, bolalarni buvilariga qoldirib er-xotin birga borish haqida ham unutmang. Hissiyotlarni yangilab turish kerak;

8. Xotiningiz yangi kiyim, yangi ichki kiyim kiysa yoki soch turmagini o‘zgartirsa, bu haqda o‘z fikringizni aytishni unutmang. Beparvo bo‘lmang;

9. Xotiningiz tug‘ilgan kunida albatta gul bering;

10. Bolalaringiz oldida xotiningiz siz uchun naqadar qadrli ekanligini ko‘rsating. Bolalar ham uni qadrlab hurmat qilishni bilsin;

11. Xotiningizga hech qachon xiyonat qilmang. Bir daqiqalik hissiy bo‘shliq tufayli bir umrlik OILA rishtasini buzmang;

12. Xotiningiz bilan jinsiy aloqani ikkalovingiz uchun ham ajoyib va yoqimli bo‘lishini ta’minlang;

13. Sovg‘a berib turishni biling;

14. Xotiningizni hurmat qiling. Uyda uning istak va ehtiyojlari ham inobatga olinsin;

15. Xotiningizni ko‘proq quchoqlang. Hatto televizor ko‘rib o‘tirganda ham quchoqlab o‘tirish naqadar yoqimli ekanligini unutmang.

Ayolini baxtli qila olgan erkakdan baxtliroq erkak bo‘lmasa kerak, dunyoda.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar