“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

Baxtli oilalardagi biz ko‘rmaydigan 10 ta jihat

12 avg, 11:17 14 645 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtli oilalardagi biz ko‘rmaydigan 10 ta jihat “Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi”, — deb yozgandi Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanida. Yozuvchi haqmidi? Nahot barcha baxtli oilalarda qandaydir umumiy xislat bo‘lsa? “Ayol.uz” nashri psixologlar fikriga tayanib, baxtiyor oilalarni birlashtiruvchi 10 ta odatni sanab o‘tdi.

Ular bir-biri haqida qarindosh va do‘stlariga shikoyat qilmaydi

Baxtiyor er-xotin o‘z munosabatlariga uchinchi shaxslarni jalb qilish kerak emasligini biladi. Agar tushunmovchilik yuzaga kelsa, ular bir-biri bilan ochiqchasiga gaplashib oladi. Ayolning dugonalari va erkakning do‘tlari betaraflikni saqlay olmaydi va munosabatlaringizga faqat putur etkazishi mumkin, xolos.

Ular bir-birini boshqalar bilan solishtirmaydi

Baxtiyor er-xotin bir-birini boricha, barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi va sevadi. Ular bir-birining kamchiliklari ustidan kulmaydi, qarashlar va fikrlardagi tafovutni qabul qiladi hamda bir-biriga o‘sishda yordam beradi.

Ular o‘zini qurbon qilib ko‘rsatmaydi


Baxtli juftliklar bir-birini o‘z muammolarida ayblamaydi, aksincha hodisa uchun javobgarlik ikkalasining ham bo‘ynida ekanligini anglaydi.

Ular doim ham jiddiy emas

Baxtli oilalar xursandchilik qilishni, kulishni, hazillashishni, va shu tariqa o‘z munosabatlarini yangilashni biladi. Hayot ularga qarshi chiqqanda ham ular muammo ustidan kulish imkoniyatini topadi.

Ular bir-birini tanqid qilmaydi va “egovlamaydi”

Baxtiyor juftliklar bir-birining yaxshi xislatlarini ko‘rishga harakat qiladi, muammolar yuzaga kelganda esa nima sodir bo‘layotganini anglashga urinadi. Agar juftingiz ko‘nglingizga xush kelmaydigan narsani qilayotgan bo‘lsa, unga bu haqda aytishning maqbul yo‘lini toping. Tanqid va ko‘z yoshi yordamida istagan narsangizga erisha olmaysiz — bunda kishi sizni tinglamay qo‘yadi va sizning u haqdagi past fikringizni tasdiqlash uchun qasdma-qasdiga ish tutadi.

Ular fikrlarni o‘qishga urinmaydi

Baxtli er-xotin bir-biriga o‘z ehtiyojlari haqida qanday ma’lum qilishni biladi. Biz endi katta odamlarmiz va bizda yashirincha xafa bo‘lish o‘rniga, bizga kerak narsani so‘rashning turli usullari bor. Agar sizga e’tibor etishmayotgan bo‘lsa, bu haqda bildiring. Ochiqchasiga bildirish — barkamol va mustahkam aloqalarning asosi.

Ular faqat o‘z rollariga “yopishib qolmagan”


Baxtli juftliklar gender rollari masalasiga juda qat’iy tarzda yondashmaydi. Ular o‘zgaruvchan va ko‘p vazifali bo‘la oladi: bugun siz ovqat pishirasiz, ertaga — men, bugun bolaga men qarayman, ertaga — siz va hokazo.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 320
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 174
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 365
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 252
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar