“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

Olimlar televizor pultini kitobga almashtirishni tavsiya qilishdi

10 avg, 17:48 8 741 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar televizor pultini kitobga almashtirishni tavsiya qilishdi Kitob mutolaa qilish nafaqat aqlan zaiflashishning oldini oladi, balki umringizni ham uzaytiradi. Yel universiteti tadqiqotchilari bu borada ilmiy izlanish olib borib, ana shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.

Tadqiqotchilar 50 yoshdan oshgan 3 635 kishini mutolaaga bo‘lgan qiziqishi borasida so‘roq qilib, ularni 12 yil davomida kuzatishgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bir haftada 3,5 soat yoki bir kunda o‘rtacha 30 daqiqa kitob o‘qish o‘lim xavfini 17 foizga qisqartirgan.

Haftasiga 3,5 soatdan ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar uchun esa o‘lim xavfi 23 foizga qisqarishi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, kitoblar "bilim ko‘nikmalari"ni oshirish bilan bir qatorda "hamdardlik, ijtimoiy idrok va hissiy intellektni rivojlantirish"ga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning yashovchanlik xususiyatini oshiradi.

Gazeta va jurnallarni mutolaa qiluvchi kishilar ham umuman o‘qimaydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashar ekan. Biroq ularning natijalari kitob o‘qiydiganlarnikidan biroz kamroq bo‘lgan.

"Kitoblar o‘quvchilarga foydali ma’lumotlarni etkazadi (gazetalarga nisbatan) va shunga muvofiq, ularning hayot davomiyligi ham ko‘proq bo‘ladi", - deya izoh beradi olim. Umumiy natijalarni olganda, tadqiqot o‘tkazilgan 12 yil ichida 33 foiz kitob o‘qimaydigan ishtirokchilarning hayotdan ko‘z yumganligi kuzatilgan, 27 foiz kitobxonlar esa uzoq umr ko‘rishgan. Shu bois tadqiqotchilar televizor pultini tashlab, kitoblarni qo‘lga olishni tavsiya qilishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 228
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 334
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 375
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar