“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:54
ЎЗO‘Z

“Qora kun”ga deb pul yig‘sa nima bo‘ladi?

31 iyul, 22:18 10 468 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Qora kun”ga deb pul yig‘sa nima bo‘ladi? Har bir odam hayoti davomida biror nima sotib olishni rejalashtirib, ammo pul topolmay qolish muammosiga bir marta bo‘lsa ham duch keladi, deydi “Darakchi.uz” nashri.

Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun kerakli miqdordagi pulni yig‘ish lozim. O‘zingizni qiynamagan, biror narsadan cheklamagan holda pul yig‘ishingiz mumkin.

Hamyon


Pul yig‘ishga qaror qilganingizdan keyin uni nimalarga sarflashingiz haqida o‘ylang, shunda kerakli miqdordagi pulni tezda yig‘ib qo‘yasiz.

Tug‘ilgan yilingiz raqami bilan to‘g‘ri keladigan tanga yoki qog‘oz pul raqami sizga moliyaviy omad keltiradi. Agar qo‘lingizga bunday tanga yoki pul tushib qolsa, uni uyingizda saqlashga harakat qiling, chunki u boylik chaqiradi. Hamyoningizda faqatgina pulga bog‘liq bo‘lgan, cheklar, kredit kartalari, tangalar va qog‘oz pullar bo‘lsin. Hamyonda yaqinlaringizning suratlarini olib yurmang. Agar hamyonda surat saqlaydigan bo‘lsangiz, u pul oqimini to‘xtatib qo‘yadi.

Hech qachon pul yig‘ishni boshlaganingizda “qora kunim”ga, “biror kunimga asqatar” deb niyat qilmang. Bu bilan kambag‘allikni o‘zingiz chaqirib olasiz.

Pulni sarflash, iqtisod qilish mumkin, ammo uni og‘ir kunlar uchun asrab qo‘ymaslik kerak. Bu harakatlaringiz moliyaviy daromad kelishini to‘xtatib qo‘yadi.

Bu holatda tortishish qonuni harakatga keladi. Faqatgina “qora kun” haqida o‘ylayversangiz, u albatta o‘zi bilan qashshoqlikni boshlab keladi.

Pulni yaxshi kunlar uchun yaxshi niyatlar bilan yig‘ing. Masalan, dengizda dam olish, farzandingizning tug‘ilishi, to‘yi uchun niyat qilib, pul to‘plang.

Tasodifan ega bo‘lgan puldan tezroq qutulishga harakat qiling. Chunki ular baxtsizlik keltiradi degan irim bor. Agar xayriya ishlari uchun pul sarflasangiz, moliyaviy daromadingiz oshadi.

“Har ehtimolga qarshi yig‘ilgan sehrli pul”


Hayotda pulga qanchalik ahamiyat berishingizdan qat’i nazar, hozir o‘tkazmoqchi bo‘lgan tadbirimiz hammaga birdek yoqishiga ishonamiz. Uni o‘tkazishdan oldin diqqatingizni bir joyga jamlab, chin dilingizdan uning natijasiga ishoning. Bu qo‘li ochiq odamga ham, ortiqcha sarf-xarajat qiladigan odamga ham birday ta’sir qiladi.

Qo‘lingizga 27 ta dona, turlik raqamli tanga yoki qog‘oz pullarni oling. Ular qancha miqdorni tashkil etishining ahamiyati yo‘q.

Uyingizning biror burchagidan joy topib, pullarni o‘sha erga berkiting. Ularni paypoq ichiga solib shkafga olib qo‘yishingiz yoki kitob orasiga, ko‘rpaning tagiga, guldonning ichiga ham solib qo‘yishingiz mumkin. Pulni yashirishdan oldin bitta tanga yoki qog‘oz pulni olib, “Bu pullarni baxtli kunlarim uchun yig‘yapman, faqatgina baxtli kunlarimda ishlatay!” deb ovoz chiqarib, niyat qiling. Keyin uni mo‘ljallagan joyingizga yashirib qo‘ying.

Ertasi kuni pul turgan joyga yana bitta tanga yoki qog‘iz pulni qo‘shib, yana yuqoridagi niyatingizni takrorlang. 27 kun mobaynida bu odatni har kuni kanda qilmang. Qoidaga qat’iy bo‘ysuning, biror kun unutib qoldirmang. “Sehrli pullar” kerakli miqdordagi pulni yig‘ishingizda katta yordam beradi.

Bu tadbir sehrli kuchga ega bo‘lib, uni amalga oshirsangiz uyingizdan farovonlik, to‘kin-sochinlik, baraka arimaydi. Uning kuch-qudrati tadbirni amalga oshirish jarayonidagi kayfiyatingizga, yaxshi niyatlaringizga bog‘liqdir. Tadbirdan keyin pul etishmovchiligi muammosini unutasiz, katta chiqimlar uchun pul zarur bo‘lib qolish holatlari hayotingizni tark etib, uning o‘rniga hayotingizga boylik va quvonch kirib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar